O‘zbek adabiyotining proza janrini boshlab bergan Abdulla Qodiriyning asarlari xalqchilligi, tilining boyligi bilan barchamizning mehru muhabbatimizga sazovor bo‘lgan.

Asar tarixning qora sahifalari haqida hikoya qiladi va xalq kechinmalari, orzu-umidlarini, yovuz niyatli kishilarning razilliklarini ochiq bayon etadi. Davr tanazzuli asarda toshkentlik Yusufbek hoji o‘g‘li Otabek hayotidan afsus va og‘ir achinish bilan tilga olingan.

Ishq dardida kuygan Kumushbibi, uvol bo‘lganidan zorlangan Zaynab, ikki o‘t aro kuyib-yongan Otabek, hasad otashida yonib, turtinib ketgan toshidan ham o‘ch olay degan Homid, kamariyu qilichigina emas, bosgan qadami tillaga teng o‘z davrining «dono»si Azizbek, g‘azab ummoniga g‘arq bo‘lib, ko‘zlarida nafrat o‘ynab, yeng ichidan bir chimdim og‘uni Zaynabga tutgan Xushruybibi...

Bu obrazlar o‘quvchi yuragini qanday to‘lqinlantirsa, voqealar intihosi ham ana shunday kayfiyatda davom etadi.

Otabek va Kumushbibi muhabbatigacha o‘zbek adabiyotida juda ko‘plab asarlar bitilgan. Ularning har biri ijodkorining falsafiy o‘ylari, muhabbat atalgan ulug‘ tuyg‘uga munosabati bilan yo‘g‘rilgan.

Marg‘ilonlik Homid boshchiligida Otabekka Kumushbibi nomidan tayyorlangan fitna qorilgan maktub, Otabekdan kelgan javob xatining o‘zgartirilish jarayonlari, bu yolg‘on qorishgan xatlar tufayli ularning taqdirida yuz bergan ayanchli o‘zgarishlar, yuragi sog‘inch va muhabbatga to‘lib Marg‘ilon kelgan Otabekning qutidor tomonidan haydalishi...

Bu voqealar tasvirida Abdulla Qodiriy ijodidagi proza mahoratini yaqqol his qilish mumkin.

Asarni o‘qigan ko‘plab yoshlar Otabek va Kumushbibi taqdirining o‘zgarib ketishiga Zaynabni aybdor qilishining guvohi bo‘lamiz. Zaynab o‘sha davrning mevasi. U boshqacha bo‘la olmaydi. O‘z qarashlarini o‘zgartira olmaydi.

Yuragining tubidagi qasos, o‘ch olish istagi uning qiyofasini ma’naviyat nurlari bilan poklay olmaydi. Uni yozuvchining kashfiyoti deb ham qarash kerak. Aslida tarixdan, dunyo adabiyotidan ham ma’lumki, asarda "Zaynab"lar – qalbi qora insonlarning bo‘lmasligi uning ta’sirchanligini kamaytiradi. Ehtimol, Otabek va Kumushbibi muhabbatiga raxna solmasalar, ularni baxt vodiysidan baxtsizlik ko‘chalari uzra sarson qilmasalar, asar bu qadar mashhur bo‘lmasdi.

Nazarimda, adib ota-onaning duosini olmagan o‘g‘ilning taqdirini ataylab, shunday tasvirlagan. Bu bilan millionlab o‘quvchilariga ota-onadan olqish olishning ahamiyati nechog‘lik ekanligidan saboq berayotgandek. Xalqda bir go‘zal aytim bor: ikki toifa odam ortiqcha harakat qilmasin, ulardan biri, ota-onasidan duo olmagan farzand. Chunki bunday odam har qancha harakat qilmasin, ishlari o‘nglanmaydi. Ikkinchisi, ota-onasidan duo olgan farzand – uning ishlari baroridan kelishiga ota-onasidan olgan duolari sababchi bo‘laveradi.

Bizgacha yashab o‘tgan adabiyot darg‘alari bu asarni nechog‘lik ko‘kka ko‘tarsalar, bizning avlod va bizdan keyingi avlod ham bu asarni boshi uzra baland tutishiga ishonchim komil.

Latifa Meyliyeva 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishq dardida kuygan Kumush va uvol bo‘lgan Zaynab taqdiri – «O‘tkan kunlar» haqida mulohaza