Navoiy kon-metallurgiya kombinati Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli Markaziy fizika-kimyoviy laboratoriya yangi binoga ko‘chib o‘tdi va uning tarkibida kombinat tarixida birinchi marta zamonaviy biolaboratoriya ishga tushirildi.

Yangi biolaboratoriyada 3-gidrometallurgiya zavodida qo‘llanilayotgan “BIOX” bakterial oksidlash jarayonida bakteriyalarni o‘rganish, ularning faolligini oshirish, ozuqa moddalari sarfini optimallashtirish hamda oksidlash jarayonini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlarni tizimli olib borish imkoniyatlari mavjud. Laboratoriyaga o‘rnatilgan barcha uskuna va jihozlar Navoiy mashinasozlik zavodida tayyorlangan.

[gallery-19250]

Markaziy fizika-kimyoviy laboratoriya boshlig‘i Alisher Botirovning ta’kidlashicha, biolaboratoriyada oyiga 10 mingdan ortiq namunani tahlil qilish quvvati mavjud. Bu esa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda tadqiqot ishlarida samaradorlikni ta’minlaydi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QULFv9MOdFs" title="Ishlab chiqarish samaradorligi ortmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Siroj ASLONOV (surat va video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish samaradorligi ortmoqda (+video)