Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan joriy yilning 7 oyi davomida barcha ishlab chiqarish prognozlarining bajarilishi ta’minlandi.

Jumladan, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish 116,1 foizga bajarildi. Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha 100,9 foizli o‘sish sur’atiga erishildi. Konsentratda mis bo‘yicha reja 105,7 foizga ado etildi. 

Ushbu yo‘nalishdagi vazifalarning bajarilishida Mis boyitish hamda 2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoalarini alohida ta’kidlash joiz. Kombinatning asosiy mahsuloti bo‘lgan mis katodi ishlab chiqarish vazifasi 100,5 foizga uddalangan. Bundan tashqari, Surxon vohasida faoliyat yuritib kelayotgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall ma’danlarni qazib olish(100 foiz), ularni qayta ishlash(100,5 foiz), rux konsentratida rux(101,2 foiz) kabi rejalarning bajarilishi ta’minlandi. 

Shuningdek, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash, konsentrat tarkibida oltin va kumush prognozlari bajarilishiga erishilgan. 

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari sarhisob qilindi