Ishlab chiqarish kengaymoqda
Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Peshku Gench” xususiy korxonasi faoliyatini tobora kengaytirib, iqtisodiy samaradorlikka erishayotgan biznes subyektlardan.
Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Peshku Gench” xususiy korxonasi faoliyatini tobora kengaytirib, iqtisodiy samaradorlikka erishayotgan biznes subyektlardan.
2012-yili donni qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan korxonada bir kunda 400-420 qop un tayyorlanmoqda. O‘tgan yili bu yerda o‘n turdagi non va non mahsulotlari ishlab chiqarish hamda Akfa eshik-romlari tayyorlash sehxi ham tashkil etildi. Korxona rahbari Valijon Hamroyevning aytishicha, tez orada qandolat va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sehlari ham ish boshlaydi. Ayni paytda korxona ishchilari soni qirq nafardan oshgan.