Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirishda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Markaziy kon boshqarmasining ham ulushi bor. Boshqarma bosh muhandisi Zafar Sharipov muxbirimizga keyingi yillarda korxonada amalga oshirilgan ishlar, ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan investitsiya loyihalari haqida quyidagilarni gapirib berdi:

– Keyingi yillarda yillik ishlab chiqarish quvvati 33 million tonnani tashkil etuvchi 5- va 7-gidrometallurgiya zavodi barpo etildi va 2-gidrometallurgiya zavodining quvvati 12 million tonnaga oshirildi. Buning natijasida Markaziy kon boshqarmasida qariyb 9,7 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Ma’danni qayta ishlash rejasi joriy yilning 8 oyi davomida 101,7 foizga, qimmatbaho metalllarni ishlab chiqarish 102,5 foizga bajarildi. Tog‘ jinslarini qayta ishlash va nodir metalllarni ishlab chiqarish hajmi esa yildan-yilga ortmoqda.

Investitsiya dasturi doirasida korxonamizda ham keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kombinat bo‘yicha joriy yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan 1 milliard AQSH dollarlik qiymatga ega 11 loyihaning katta qismi, ya’ni, 319,1 million AQSH dollar bo‘lgan 8 ta investitsion loyiha kon boshqarmamiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.  

Joriy yilning birinchi yarim yilligida 182,1 million AQSH dollarlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. “Yo‘l transporti va muhandislik-kommunikatsion infratuzilmasi” hamda “Markaziy kon boshqarmasi ob’ektlarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish” loyihalari doirasida tegishli ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Natijada ishlab chiqarish ob’ektlarida 2,35 million kvt soat elektr energiyasini iqtisod qilinishiga erishildi.  

Ayni paytda manzilli dastur doirasida “Muruntov” konida Shimoliy-sharqiy davriy oqim texnologiyasi majmuasi hamda 3-sonli konveyer liniyasini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.

Shimoliy-sharqiy davriy oqim texnologiyasi majmuasida tog‘ jinslarini tashish liniyasini kengaytirishga 104,4 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Hozirda yangi konveyer, elektr liniyalari, qo‘shimcha ag‘darma maydonini qurish, ag‘darma konveyer liniyasini 1,1 ming metrga uzaytirish ishlari davom etmoqda. Mazkur loyihaning to‘liq quvvatda ishga tushishi kelgusida tog‘ jinslarini tashish hajmini yiliga 15 million kubometrga oshiradi. Xuddi shunday 2-konveyer liniyasini kengaytirish uchun 194,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shu davrga qadar foydalanishda bo‘lgan 3003 metrlik liniyaga qo‘shimcha tarzda ming metrdan ziyod yangi liniya quriladi. Loyihaning to‘liq amalga oshirilishi yiliga 15 million kubometr tog‘ jinslarini tashish imkonini beradi.  

Yil yakuniga qadar “Oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexi”da ma’dan omborini qurish”, “Balpantov” va “Tomdibuloq” konlari negizida qazib olish kar’erlarini qurish”, “Turbay” konini o‘zlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish”, “Sharqiy Muruntov” ohaktosh konida maydalash-saralash zavodi va kar’er qurish”, “Muruntov” koni ishchi-xodimlari uchun maishiy kompleks qurilishi” va “Bessopan hududidagi H-sonli harbiy qismda 250 o‘rinli klub qurilishi” kabi loyihalarni amalga oshirish mo‘ljallangan. Mazkur loyihalar to‘liq quvvatda foydalanishga topshirilgach, “OUEO‘S” konida ma’dan qayta ishlash hajmi yiliga 14 million tonnaga yetkaziladi. “Balpantov” va “Tomdibuloq” konlaridan yiliga 3 million tonna ma’dan, “Turbay” konidan yiliga 2 million tonna tog‘ jinslari qazib olinadi hamda yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Kon boshqarmasining istiqbolini ko‘zlab, rejaga muvofiq “Muruntov” konining 5-navbati, “Amudaryo - Zarafshon suv quvurining 3-liniyasini qurish va nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish”, “2-GMZ va 7-GMZ chiqindilarini birgalikda saqlash uchun 2-GMZ chiqindi omborini kengaytirish va rekonstruksiya qilish” singari loyihalar bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.  

Bu ishlarni amalga oshirishda kon boshqarmasining sohada katta tajriba to‘plagan kapital qurilish bo‘limi, qurilish direksiyasi, ta’mirlash-qurilish uchastkasi jamoalari ham faol ishtirok etib kelmoqda. Ular muhim investitsiya ob’ektlarini o‘z vaqtida va sifatli qurib bitkazish yo‘lida astoydil mehnat qilib, kombinat yutuqlariga munosib hissa qo‘shmoqda.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishlab chiqarish hajmi ortmoqda