Ishga kiritib qo‘yish – 800 AQSH dollari
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, "Yo.O.O." MCHJ rahbari H.A. firibgarlik, ya’ni ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, pora berishga da’vat qilib, fuqaro B.R.ni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga boshqarmada ishlovchi tanishlari orqali ishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSH dollari talab qilgan. Undan kimyoviy ishlov berilgan 800 AQSH dollarini Guliston shahar, O‘zbekiston shoh ko‘chasida joylashgan restoranda olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sh.Suyarov, O‘zA