Ishchi guruh joylarda o‘rganish olib bordi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Kosonsoy tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya dasturlari ijrosi, qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan ishlar, farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Ishchi guruhning dastlabki manzili “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi “Spring Pharmaceutic” MCHJ korxonasi bo‘ldi.
Ushbu korxona Angliyaning “Medikal Kapital LTD” kompaniyasi bilan hamkorlikda 1-bosqichda qiymati 4,5 million AQSH dollari bo‘lgan tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasini 2019 yil avgust oyida ishga tushirib, 150 ta ish o‘rni yaratgan edi. Shuningdek, joriy yil 2-bosqichda qiymati 5 million AQSH dollari qiymatidagi loyihani ishga tushirish orqali yana 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Hozirda Xitoydan yangi dastgohlar olib kelinib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Viloyat rahbari korxona faoliyati, qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Loyihani tezlatish, mahalliy yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida ko‘rsatmalar berdi.
[gallery-18720]
Shuningdek, ishchi guruh joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va yo‘lsozlik ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Loyihalarni tez va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA