Ishbilarmonligidan moʻmay daromad topayotganlar...
Kosonsoylik Otabek Rahmonov omilkorlik ortidan moʻmay daromad topayotgan tadbirkorlardan.
Kosonsoylik Otabek Rahmonov omilkorlik ortidan moʻmay daromad topayotgan tadbirkorlardan.
U 70 sotix yer maydonida 65 sotixli issiqxona tashkil etgan. Issiqxonada pomidor, bodring koʻchatlari yetishtiriladi. Pomidorning “Zamira”, “Sabina”, “Lamiya”, “1955” hamda bodringning “Kolit”, “Bibino”, “Fantino” navlari juda xaridorgir.
– Joriy yil boshidan buyon 800 mingga yaqin koʻchat yetishtirib aholiga yetkazib berdik, - deydi tadbirkor Otabek Rahmonov. – Ayni paytda yozgi koʻchatlarimiz ekishga tayyor holga kelib qolgan. Yozgi koʻchatlarga talab ozroq boʻlganligi bois 500 mingta koʻchat yetishtirdik. Issiqxona ishlariga 14 nafar kishi jalb etilgan.

