O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari uchun ochiq tanlovlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ayni kunlarda vacancy.argos.uz portalida 2552 ta vakant lavozim uchun ochiq tanlov davom etmoqda. Ularning 558 tasi uchun ish staji talab etilmaydi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 21 iyul holatiga, 70 ta davlat organi va tashkiloti, shuningdek, barcha hokimliklar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portaliga ulangan bo‘lib, ular tomonidan vakant lavozimlar uchun 78 mingdan ortiq tanlov e’lon qilingan. Tanlovlarga 935 ming 316 nafardan ziyod nomzodlar hujjat yuborgan bo‘lsa, ularning 35  ming 780 nafari tanlov g‘olibi sifatida davlat xizmatiga qabul qilingan.  

Tanlov g‘oliblarining 14 ming 63 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan, 11 ming 132 nafari ayollar, shuningdek, 6  ming 986 nafari davlat xizmatiga birinchi marotaba qabul qilingan fuqarolarni tashkil etadi. Hozirda portalda 231 mingdan ortiq fuqaro o‘z rezyumesini shakllantirgan.  

Ayni vaqtda vacancy.argos.uz portalida davlat organlaridagi 2  ming 552 ta vakant lavozim uchun ochiq tanlov davom etmoqda. Vakant lavozimlarning 360 tasi respublika, 1 000 tasi hududiy (viloyat), 1 191 tasi tuman darajasidagi bo‘sh ish o‘rinlari hisoblanadi.  

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari yoxud ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar davlat organlarining staj talab qilinmaydigan lavozimlarini egallash uchun ochiq tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.  

bugungi kunda ochiq tanlovlar jarayonining shaffofligini oshirish, korrupsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida tanlovlarning test sinovi bosqichi agentlikning hududiy filiallarida markazlashgan holda tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilib, jarayonlar onlayn tarzda internet tarmog‘i orqali uzatilib, test jarayonining havolasi Telegramdagi maxsus kanaliga tezkor joylashtirilmoqda.  

 Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish staji talab etilmaydigan 558 lavozim uchun ochiq tanlov davom etmoqda