«UzASBO» dasturiy majmuasida yangi xizmat turi joriy etildi. Endi byudjet tashkilotlari xodimlari mazkur dasturiy majmuada hisoblangan ish haqi va boshqa to‘lovlar haqida SMS orqali ma’lumot olishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda foydalanishga topshirilgan byudjet tashkilotlari buxgalterlik hisobini yurituvchi «UzASBO» dasturiy majmuasidan hozirgi kunda 26 mingdan ziyod tashkilot foydalanib kelmoqda.

Bugungi kunda byudjet tashkilotlari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan ko‘chirmalarni elektron ko‘rinishda mazkur dasturiy majmuadan olish imkoniyatiga ega. Dasturiy majmua orqali to‘lov topshiriqnomalar g‘aznachilik organlariga va moliyaviy hisobotlar yuqori turuvchi tashkilotlarga hamda moliya organlariga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda to‘liq elektron ko‘rinishda taqdim etilmoqda.

2012-yilda «UzASBO» dasturiy majmuasining byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarini hisoblashga ixtisoslashtirilgan alohida moduli ishlab chiqilgan. Hozir byudjet tashkilotlari tomonidan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar tegishli muassasalarga elektron ko‘rinishda yuborilmoqda.

– 2016-yilning fevral oyidan boshlab yana bir yangi xizmat turi joriy etildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi mutaxassisi Obid Abduqodirov. – Endilikda byudjet tashkilotlari xodimlari «UzASBO» dasturiy majmuasida hisoblangan ish haqi va boshqa to‘lovlar to‘g‘risida SMS orqali ma’lumot olishlari mumkin. Buning uchun 7878 qisqa raqamiga zp*12345*01*2016 ko‘rinishida SMS yuboriladi. Bunda zp – lotincha belgi bo‘lib, oylik ish haqi ma’lumotini bildiradi va o‘zgarmas hisoblanadi. 12345 – xodim kodi hisoblanib 1-9999999 gacha bo‘lgan raqam bilan har bir xodimga alohida beriladi. 01 va 2016 – oy va yil raqamlaridir. Xodim kodining raqami hamda 7878 raqamidan keladigan javob SMS matnida to‘lov turlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan qisqartma nomlar bo‘yicha tashkilot hisobchisidan to‘liq ma’lumot olish mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ish haqini SMS orqali bilish mumkin