Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yil 1 aprel holatiga 80 ta tashkilotga 310 ta ariza asosida nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun to‘langan 390,6 million so‘m ijtimoiy soliq qaytarildi.

Ish beruvchi ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun qanday murojaat qilishi lozim?  

O‘tgan yil 1 martdan 2024 yil 1 martga qadar ish beruvchilarga 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi to‘liq qaytarib beriladi.  

Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.  

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ariza topshirish uchun ish beruvchi my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetning “Xizmatlar” qatoridagi “Elektron hujjat aylanishi” bo‘limidan “Ijtimoiy soliq summasini qaytarish” bandini tanlashi lozim.  

Ochilgan oynadan "Nogironlar uchun" bo‘limi tanlanadi. Ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.  

Yil va davr (oylar) ko‘rsatilishi lozim. Ilovadagi ariza to‘ldiriladi. Jadvalga nogironligi bo‘lgan xodimning JSHSHIR, soliq stavkasi, oylik maoshi summasi va oy (davr) qo‘lda kiritiladi. Agar ijtimoiy soliq summasini qaytarish arizasi bir necha oy uchun topshirilgan bo‘lsa, unda har bir xodim bo‘yicha jadvaldagi qatorlar har oy uchun alohida to‘ldirilishi kerak.  

Jadval to‘ldirgandan so‘ng, pastki qatorlarda xodimlarning umumiy soni va qaytarilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy soliq summasi avtomatik hosil bo‘ladi. Ish beruvchining bank rekvizitlari ham avtomatik shakllanadi.  

Shundan so‘ng “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi. Ariza va uning ilovasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligi va to‘liqligini tekshirib, “Arizani yuborish” tugmasini bosish lozim. Ariza holatini “Yuborilgan arizalar” bo‘limida ko‘rish mumkin.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ