Kuz-qish mavsumi aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar ko‘payadigan mavsum hisoblanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, kuz-qish mavsumida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning asosiy qismi energiya resurslaridan foydalanish qoidalari buzilishi bilan bog‘liq. Bularning ichida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq vaziyatlar achinarli holatlarni keltirib chiqaradi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 2022 yil is gazidan zaharlanish bo‘yicha 84 ta holat yuzaga kelib, 122 kishi halok bo‘lgan. Bunga yong‘in vaqtidagi holatlar ham hisobga olingan. 2023 yilda 46 holat yuzaga kelgan bo‘lsa, 2024 yilning shu davrida 32 ta holat qayd etildi. 

Is gazi (uglerod oksidi) – rangsiz, ta’msiz, hidsiz zaharli gaz hisoblanadi. U yer yuzida energiyaning jadal ishlatilishidan yuzaga keluvchi, tabiatda eng ko‘p tarqalgan zaharlovchi gazlardan biri. Is gazi har qanday yoqilg‘i, jumladan, tabiiy gaz, benzin, dizel, mazut, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘larining chala yonishi oqibatida hosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3 foiz, ishlangan gazda 13 foiz, portlovchi gazlar tarkibida esa 50−60 foizgacha is gazi bo‘ladi. 

Umuman olganda shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar, avtoturargohlar, yangi bo‘yalgan va shamollatilmagan xonalarda, pechka bilan isitiladigan uylar, hammomlar, dam olish palatkalarida, shuningdek, uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda yonuvchi moddaning to‘liq yonmasligi oqibatida is gazidan zaharlanish mumkin. Eng achinarlisi, is gazining eng kam miqdori ham zaharlanish uchun yetarli bo‘ladi. Inson o‘zida holsizlanish alomatlarini his qilmagunicha uning borligini sezmaydi. 

Xo‘sh, is gazidan saqlanish uchun nima qilish kerak? Mutaxassislarning qayd etishicha, gaz hidini sezgan zahoti gaz avariya dispetcherlik xizmatiga xabar berish, barcha gaz kranlarini yopish, ochiq olovdan foydalanmaslik, darhol eshik va derazalarni ochib, xonani shamollatish, elektr jihozlarini yoqmaslik va o‘chirmaslik lozim. 

Is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish uchun avvalo, gaz tarqalgan joydan jabrlanuvchini tezlik bilan toza havoga olib chiqish kerak. Jabrlanuvchi hushidan ketgan bo‘lsa, nashatir spirtini hidlatish, sun’iy nafas berish, tanani ishqalash, issiq choy va kofe ichirish va, albatta, tez tibbiy yordamni chaqirish kerak. 

Tahlillarga ko‘ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmoqda. Jumladan, fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik, nostandart (qo‘lbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bo‘lmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish, isitish pechlarining dudburonlarini noto‘g‘ri o‘rnatish va o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik holatlari sabab bo‘ladi. 

Shuningdek, gaz yoki boshqa muqobil yoqilg‘iga moslashtirilgan isitish pechlarini dam olish xonalariga olib kirish, havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov, xususan, ko‘mir va o‘tin cho‘g‘laridan foydalanish hamda havo almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib qo‘yish ham sabab bo‘ladi. 

Shu kunlarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan mavsumni betalafot o‘tkazish, shuningdek, kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Xususan, ularga tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmaslik, elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish, isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularni qoida talablari asosida o‘rnatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishish, isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormaslik, gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmaslik masalalari tushuntirilmoqda. 

Gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik хизмат ko‘rsatilishini tashkil etish, gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qilish, yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmaslik hamda gaz isitish moslamalaridan foydalanishda gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama orqali ularning doimiy sozligiga e’tibor berish tavsiya etilmoqda. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Is gazidan zaharlanmaslik uchun nima qilish kerak? 