Is gazidan zaharlanişning oldini oliş çoralari kuçaytirildi
Jizzax şahri, Ğallaorol va Zomin tumanlarida gazdan xavfsiz foydalaniş, is gazidan zaharlaniş hamda yonğinlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. Ularda aholi, talabalar va maktab öquvçilariga hayot uçun muhim qoidalar tuşuntirilmoqda.
Qiş fasli yaqinlaşgan sari xonadonlarda isitiş moslamalaridan foydalaniş kölami ham ortib boradi. Bu esa oddiy ehtiyotsizlik oğir oqibatlarga olib kelişi mumkinligini yana bir bor eslatadi. Ayniqsa, is gazidan zaharlaniş va gaz-havo aralaşmasi çaqnaşi inson hayotiga jiddiy xavf tuğdiradi.
Bunday holatlarning oldini oliş faqat maxsus xizmatlarning emas, har bir fuqaroning ham masʼuliyatidir. Zero, xavfsizlik qoidalariga amal qiliş köpinça inson hayotini asrab qoladigan eng muhim omilga aylanadi.


Jizzax viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, gaz taʼminoti taşkilotlari va tegişli xizmatlar hamkorligida joylarda tuşuntiriş işlari kuçaytirilgan. Jumladan, Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalar turar joyida profilaktik uçraşuv taşkil etildi.
Unda viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği örinbosari, podpolkovnik A.Mustofoyev rahbarligidagi işçi guruh iştirok etdi. Tadbirga faxriylar kengaşi raisi va “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali xodimlari ham jalb qilindi.


Muloqot davomida talabalar va muassasa xodimlariga yonğin xavfsizligi talablari batafsil tuşuntirildi. Is gazidan hamda oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanişning oldini oliş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Gaz va elektr jihozlaridan töğri foydalaniş, birlamçi öt öçiriş vositalarini işlatiş tartibi ham körsatib berildi.
Mutaxassislar talabalar turar joyidagi umumiy ovqat tayyorlaş xonalarini ham közdan keçirdi. Işçi guruh aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça masʼullarga tegişli körsatmalar berdi. Çunki yotoqxonadagi xavfsiz muhit nafaqat maʼmuriyat, balki har bir yaşovçining huşyorligiga ham boğliq.


Ğallaorol tumanida ham profilaktik işlar aholi gavjum joylardan boşlandi. “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali, “Ğallaoroltumangaz” gaz taʼminoti bölimi, “Energo digit” MÇJ servis xizmati va tuman favqulodda vaziyatlar bölimi hamkorlikda iş olib bordi.
Mutaxassislar bozorlar, savdo dökonlari, köçalar va jamoat joylarida fuqarolar bilan suhbatlaşdi. Umumtaʼlim maktablarida ham öquvçilarga is gazining xavfi va uning oldini oliş çoralari tuşuntirildi. Ayniqsa, xonalarni muntazam şamollatiş, nosoz gaz jihozlaridan foydalanmaslik zarurligi taʼkidlandi.


Maktab öquvçilari va fuqarolarga isitiş moslamalaridan foydalanişdagi ehtiyot çoralari ham tuşuntirildi. Dudburonlarning sozligini tekşiriş va şamollatiş tizimlarini işçi holatda saqlaş muhimligi qayd etildi. Zaharlaniş alomatlari sezilganda esa zudlik bilan tegişli xizmatlarga murojaat qiliş lozimligi uqtirildi.
Zomin tumanidagi profilaktik tadbirlar ham kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga qaratildi. “Zomintumangaz” gaz taʼminoti bölimi xodimlari Birlik va Ğafur Ğulom mahallalarida aholi bilan uçraşdi. Dehqon bozorlari hamda “Korzinka” savdo majmuasida ham tarğibot işlari taşkil etildi.

Maxsus ovoz kuçaytirgiçlar orqali fuqarolarga gazdan xavfsiz foydalaniş qoidalari yetkazildi. Uçraşuvlarda isitiş uskunalarining texnik holatini nazorat qiliş zarurligi tuşuntirildi. Gaz sizib çiqqanda köriladigan çoralar va xonalarni şamollatişning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi. Aholiga xavfsizlik qoidalari aks etgan eslatmalar ham tarqatildi.
Bu tadbirlar zamirida aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilişga qaratilgan ustuvor vazifalar mujassam. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi “Gaz holatidagi yoqilğida işlovçi apparatlarning xavfsizligi töğrisidagi texnik reglamentni tasdiqlaş haqida”gi 887-son qarori gazda işlaydigan apparatlar xavfsizligiga talablarni belgilaydi. Mazkur hujjatga 2026-yil 17-fevraldagi 66-son qaror bilan özgartişlar kiritilib, xavfsizlik talablari yanada kuçaytirildi.

Albatta, qonunçilikda belgilangan talablar hayotda töliq ijro etilgandagina kutilgan natijani beradi. Şuning uçun profilaktik tadbirlar bir martalik aksiya emas, doimiy eʼtibor va nazoratni talab etadigan vazifadir.
Eng muhimi, har bir xonadonda gaz uskunalarining sozligi tekşirilişi, dudburonlar tozalanişi va havo almaşinuvi taʼminlanişi zarur. Ogohlikni kundalik odatga aylantiriş orqali köplab baxtsiz hodisalarning oldini oliş mumkin.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri