Iroqning yangi hukumati tanqid qilindi
Iroqning sobiq bosh vaziri Xidir al-Abadiy yangi bosh vazir Odil Abdul-Mahdiyning qarorini tanqid qilib chiqdi.
Iroqning sobiq bosh vaziri Xidir al-Abadiy yangi bosh vazir Odil Abdul-Mahdiyning qarorini tanqid qilib chiqdi.
Mahalliy axborot manbasi xabariga koʻra, avvalgi hukumatning 2018 yil iyulidan oktyabrigacha boʻlgan qarorlarining amal qilishini toʻxtatish haqidagi qarordan Abadiy gʻazabga kelgan.
“Yangi hukumatning qarorlari fuqarolar manfaatiga zid, bu haligacha toʻla shakllanmagan hukumatga nisbatan norozilikni paydo qiladi”, deb taʼkidlaydi Abadiy.
Eslatib oʻtamiz, hozir Iroqda yangi hukumat shakllanishining choʻzilishi bilan bogʻliq siyosiy tanazzul davri: 22 vazirlik oʻrnidan 8 tasi haligacha vakant boʻlib turibdi.