Iroqda yurak jarrohligi yangi bosqichga chiqmoqda
Iroqning Basra shahridagi Al-Sayyob universiteti shifoxonasida so‘nggi ikki oy ichida 33 ta murakkab ochiq yurak operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
“Italpress” agentligi ma’lum qilishicha, mazkur natija mamlakatda yuqori texnologik tibbiy xizmatni o‘zlashtirish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadamdir. Shu tariqa bemorlarni davolanish uchun xorijga yuborish ehtiyoji kamayib, har bir amaliyotdan taxminan 50 000 dollargacha mablag‘ tejalishiga erishilmoqda.
Rejaga ko‘ra, 2026-yil oxiriga qadar shifoxonada bolalar uchun 200, kattalar uchun 120 nafar bemor bilan yurak operatsiyasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
D.Hakimov, O‘zA