Irlandiyalik sobiq bank xodimi JCh-2026 qahramoniga aylandi
Bugun sobiq ofis xodimi, 33 yoshli markaziy himoyachi "Piko" Lopes millionlab insonlar uchun haqiqiy orzu ramziga aylanib, Kabo-Verde terma jamoasi safida jahon chempionati tarixini qayta yozmoqda.
Kabo-Verde terma jamoasining 33 yoshli himoyachisi Roberto "Piko" Lopes JCh-2026 ilk turidan o'rin olgan Ispaniyaga qarshi bahsda o‘z jamoasining eng asosiy qahramonlaridan biriga aylandi.
Musobaqa debyutanti hisoblangan jamoa turnir favoritlaridan biri bilan kutilmagan durang (0:0) qayd etdi.
Lopes mudofaa chizig‘ida ishonchli harakat qilib, uchrashuv yakunlanishiga 20 daqiqa qolganda zaxiradan maydonga tushgan dunyo futboli yulduzi Lamin Yamalni butunlay zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi.
"Piko"ning katta futbolga va shuhratga olib kelgan yo‘li ancha g‘ayrioddiy kechgan. Irlandiyalik ayol va kabo-verdelik erkakning muhabbatidan dunyoga kelgan Roberto uzoq vaqt davomida futbol o‘ynash bilan birga bankda ham faoliyat yuritgan. 2016-yilda "Shemrok Rovers" klubi unga professional shartnoma taklif qilganida, Lopes uzoq o‘ylanib, bankdagi barqaror va ishonchli bo‘lgan ipoteka maslahatchisi lavozimidan voz kechishga qaror qilgan.
Uning Kabo-Verde terma jamoasidan olgan ilk taklifi ham qiziqarli kechgan. 2018-yilda ijtimoiy tarmoqlar orqali kelgan ilk chaqiruvni Lopes oddiy "spam" (reklama) deb o‘ylab, e’tiborsiz qoldirgan. U o‘zining xato qilganini oradan faqat 9 oy o‘tibgina anglab yetgan.
Bugun sobiq ofis xodimi, 33 yoshli markaziy himoyachi "Piko" Lopes millionlab insonlar uchun haqiqiy orzu ramziga aylanib, Kabo-Verde terma jamoasi safida jahon chempionati tarixini qayta yozmoqda.