Iqtisodiyotda davlat uluşi kamayib, xususiy sektor mavqei mustahkamlanmoqda
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-avgustdagi «Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoni iqtisodiyotda davlat uluşi mavjud bölgan korxonalar sonini qisqartiriş, xususiy sektorga keng imkoniyat yaratişda muhim hujjat böldi.
Farmonga köra, xususiylaştiriş böyiça bir qator yengilliklar taqdim etilmoqda. Jumladan, davlat aktivlari va qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalarini sotib olişda avans tölovi 15 foiz miqdorida va uni tölaş muddati 30 kalendar kun etib belgilanadi hamda qolgan summani qonunçilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bölib-bölib tölaş imkoniyati beriladi.
Mazkur farmonda közda tutilgan vazifalar, umuman, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini, xususiylaştiriş samarasi hududlar taraqqiyotida qanday aks etişini Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi aʼzosi Otabek Musulmonov batafsil şarhlab berdi:
— Hududlarda investitsiya faolligini oşiriş, mavjud imkoniyatlarni işga soliş va yangi iş örinlari yaratişda yer hamda davlat mulkidan samarali foydalaniş muhim ahamiyatga ega. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi farmonida nazarda tutilgan çoralar aynan şu masalalarning amaliy yeçimiga qaratilgan.

Xususan, yer uçastkalarini «tayyor paket» asosida savdoga çiqariş tartibi investorlar uçun qulaylik yaratadi. Bunda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş texnik şartlari va qurilişga oid zarur hujjatlar oldindan tayyorlanadi. Tadbirkor uçun yerni xarid qilişning özi yetarli emas, u yerda işlab çiqarişni qançalik tez boşlay olişi ham muhim. Şu sababli mazkur tartib ortiqça ovoragarçilik va xarajatlarni kamaytirib, hududlarda yangi loyihalarni amalga oşirişga xizmat qilişi mumkin.
Farmon davlat iştirokidagi korxonalar va banklar tasarrufidagi aktivlardan oqilona foydalaniş, maʼmuriy binolarni joylaştirişni maqbullaştiriş hamda korporativ boşqaruvni takomillaştiriş masalalarini ham qamrab olgan. Bunda asosiy maqsad mulkni bir qöldan ikkinçi qölga ötkaziş emas, balki iqtisodiy resurslarni samarali işlata oladigan muhitni şakllantirişdir. Albatta, xususiylaştirişning kutilgan natijasiga erişiş uçun mulk huquqi himoyasi, oçiq raqobat va investor olgan majburiyatlarning bajarilişi ham taʼminlanişi zarur.
Bu islohotlarni faqat savdodan tuşadigan mablağ bilan baholaş töğri bölmaydi. Davlat aktivini sotiş bir martalik tuşum keltiradi. Uning barqaror iqtisodiy samarasi esa obʼektning keyingi faoliyatida işlab çiqariş hajmi, xizmatlar kölami, soliq tuşumlari va aholi bandligida namoyon böladi. Demak, xususiylaştirilgan har bir obʼekt böyiça «sotildi» degan natijadan köra «işga tuşdi, investitsiya kiritildi, iş örni yaratildi» degan natija ahamiyatliroq.
Farmonda avvalgi xususiylaştiriş dasturlari doirasida tuzilgan şartnomalarga tegişli qöllab-quvvatlaş çoralarini tatbiq etiş imkoniyati ham nazarda tutilgan. Bu amaldagi loyihalarni davom ettirişda tadbirkorlarga yengillik berişi mumkin. Ayni paytda bunday çoralar har bir şartnomaning huquqiy holati va belgilangan talablar asosida qöllanişi, masʼul idoralar esa ortiqça byurokratik tösiqlarga yöl qöymasligi lozim.
Deputat sifatida men uçun eng muhim masala uşbu qarorlarning joylardagi ijrosi va odamlar hayotiga taʼsiridir. Farmonda xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlariga masʼul taşkilotlar hisobotlarini eşitib boriş tavsiya etilgan. Bunday muhokamalarda qança obʼekt sotilganidan taşqari, ularning neçtasi faoliyat boşlagani, qança sarmoya jalb qilingani, neçta iş örni yaratilgani va investorlar qanday muammolarga duç kelayotgani ham tahlil qilinişi kerak.
Ayniqsa, hududlarda elektr, gaz, suv va yöl infratuzilmasi, hujjatlarni rasmiylaştiriş yoki quriliş jarayonlaridagi keçikişlar kabi masalalar deputatlik nazoratidan çetda qolmasligi lozim. Kengaşlar masʼul idoralar axborotini eşitiş bilan çeklanmay, aniq muammolarning yeçimi va körilgan çoralar natijasini ham kuzatib borişi maqsadga muvofiq. Bu jarayonda savdolarning oçiqligi, iştirokçilar uçun teng şaroit va jamoatçilik manfaatlari ustuvor bölişi şart.
Xulosa örnida aytganda, yuqoridagi Prezident farmonida belgilab berilgan imkoniyatlarning haqiqiy qiymati ularning amaliy natijasida körinadi. Böş turgan bino işlaydigan korxonaga, foydalanilmayotgan yer daromad keltiradigan loyihaga aylansa, bundan nafaqat investor, balki butun hudud manfaat köradi. Şuning uçun xususiylaştiriş samarasini sotilgan mulklar soni bilan emas, ular orqali yaratilgan iş örinlari, iqtisodiy faollik va aholi farovonligi bilan ölçaş muhim.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA