O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilganiga 20-yil to‘ldi.

O‘zbekiston mustaqilligi, o‘z milliy valyutasiga ega ekani xalqimizning ulkan yutug‘idir.

1994-yil 1-iyul mamlakatimiz solnomasida tarixiy sana. Prezidentimiz Islom Karimovning 1994-yil 16-iyunda qabul qilingan farmoniga muvofiq shu kuni milliy valyutamiz – so‘m yurtimiz hududida yagona to‘lov vositasi sifatida muomalaga kiritilgan.

Milliy valyutani joriy etish inqilob bilan tengdir, degan edi Yurtboshimiz. Darhaqiqat, jahon tajribasidan ma’lumki, bunga erishish uchun ko‘plab davlatlar uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib o‘tgan. Ko‘p hollarda bu iqtisodiy inqirozga, narxlarning o‘sib ketishi va mahsulotlar tanqisligiga sabab bo‘lgan.

Yurtimizda so‘mni muomalaga kiritishda bunday holatlarning oldini olish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rildi. Milliy taraqqiyot tamoyillariga muvofiq bu jarayon ham bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Avvaliga so‘m-kupon joriy etilib, chetdan kirib kelayotgan, qadrini yo‘qotgan pulning yo‘li to‘sildi. Yurtimizdagi arzon mahsulotlarning boshqa respublikalarga «oqib ketishi»ning oldi olindi. Eng muhimi, so‘m-kupon orqali milliy pul birligini joriy etish strategiyasi va hisob-kitoblar mexanizmi o‘rganildi. Inflatsiyaga qarshi choralar ishlab chiqilib, sinab ko‘rildi. Jahon valyutalari bilan muomalada pulimizning kuchi, qadri va xarid quvvati aniqlandi.

Milliy pulimizning barqarorligini ta’minlash, to‘lov qobiliyatini oshirish maqsadida qat’iy pul-kredit siyosati yuritilmoqda. Inflatsiya past darajada saqlanmoqda. Tijorat banklarining jami kapitali hajmi ortib bormoqda. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining izchil o‘sayotgani, eksport salohiyati tobora yuksalayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar samarasida sanoat tarmoqlari keng rivojlanmoqda. Import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltiriladigan raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘paymoqda. Qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda xizmat ko‘rsatish sohalarining rivoji yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilayotir.

Bugun mustaqillik yillarida qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz haqida gapirganda, avvalo, iqtisodiyotimizning izchil rivojlanishi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro mutanosibligi, inflatsiya darajasining pastligi, aholi farovonligining yuksalayotganligi bilan bir qatorda milliy valyutamizning barqarorlashib, bank tizimining tobora mustahkamlanib borayotganini ham faxr bilan tilga olamiz.

Mamlakatimiz banklarining resurs bazasi kengayib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanmoqda. Bank tizimining likvidligi 65 foizdan ziyod bo‘lib, bu jahon amaliyotida umumiy qabul qilingan, «yuqori» deb ataladigan ko‘rsatkichdan 2,2 barobar ortiqdir.

Bu xalqaro moliya muassasalari tomonidan ham alohida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi deyarli barcha tijorat banklari yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan beriladigan «barqaror» reyting darajasiga egadir.

Milliy valyutamiz namunalari Xalqaro valyuta jamg‘armasining Vashingtondagi bosh qarorgohida saqlanadi. Dunyodagi barcha pullar orasida bizning so‘mimiz o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning ko‘rinishi ham, nomlanishi ham ko‘nglimizga yaqin. Uni ko‘rganimizda qalbimizda milliy g‘urur jo‘sh uradi. O‘zbekistonning farzandi ekanimizdan faxrlanamiz.

Bir do‘stim Germaniyada bo‘lganini aytib bergandi. U yerga ellikka yaqin mamlakat vakillari malaka oshirishga borgan ekan. Bir kuni ular o‘z yurtlari haqida ko‘rgazmali chiqishlar uyushtiribdi. Hamma vatanini nimasi bilandir tanishtiribdi. Kimdir suratlarini ko‘rsatsa, yana birov milliy kiyimlarini namoyish etibdi.

«Mening navbatim kelganida, cho‘ntagimdan so‘mimizni chiqardim, – deydi do‘stim. – Bunday taqdimotni kutmagan xorijliklar meni o‘rab oldi, qo‘limdagi pullarni birma-bir tomosha qildi. Ularda aks ettirilgan milliy naqshlar, faqat o‘zimizgagina xos bo‘lgan bezaklar va suratlar yig‘ilganlarga O‘zbekiston haqida tasavvur berdi».

Milliy valyutamiz nafaqat mamlakatimiz iqtisodiy qudratining, balki xalqimiz ma’naviy, ma’rifiy va madaniy salohiyatining ko‘zgusidir. Unda yurtimizning boy tarixi va buyuk kelajagi o‘z aksini topgan. O‘zbek so‘mini qo‘liga olgan kishining qadim Samarqanddagi Registon maydoni, Ulug‘bek, Tillakori, Sherdor madrasalari, Amir Temur maqbarasi kabi tarixiy obidalar, Toshkentdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri, «Istiqlol» san’at saroyi, Sohibqironning ulug‘vor haykali, Oliy Majlis binosi tasvirlariga ko‘zi tushadi. Bularning barchasi xalqimiz, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod shuurida milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish, ularni milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, so‘m haqidagi ilk ma’lumotlar X-XI asrlarga mansub bo‘lib, dunyodagi hech bir valyutaning nomi bunchalik qadimiy emasdir. Buyuk Ipak yo‘lida savdo rivojlangan o‘rta asrlarda, ayniqsa, Amir Temur davrida u xalqaro ahamiyat kasb etgan.

Uzoq yillar davomida muomalada bo‘lmagan, turli bosqinlar oqibatida unut bo‘layozgan bu muqaddas so‘z istiqlol sharofati bilan yana tilimizga qaytdi. Iqtisodiy mustaqilligimiz asosiga, milliy iftixorimiz ramziga aylandi.

…Poyezdda safarga ketayotgan edik. Hamma bir-biri bilan tanishib, suhbatlashib bormoqda. Ikki yigitning gurungi soz kelib, telefon raqamlari, ish manzillarini almashadigan bo‘ldi. U yoq-bu yoqni qarab, qog‘oz topolmagach, cho‘ntagidan pul chiqarib, yoza boshladi. Shunda ularni kuzatib turgan otaxonning jahli chiqib ketdi. «Hoy, o‘g‘illarim, pulga yozmanglar – noshukrlik bo‘ladi. Bir paytlar biz bunga zor edik, boshqalarning pulini pul, derdik. Endi o‘zimizning so‘mimiz bor. Bu pul elniki, bugun senda bo‘lsa, ertaga boshqaning qo‘lida bo‘ladi. Uning qadriga yetish, asrab-avaylash kerak”, deya nasihat qildi.

Darhaqiqat, har bir narsaning qadr-qimmati insonlarning o‘ziga, ichki madaniyatiga bog‘liq. Milliy valyutamizni sifatli va chiroyli saqlash, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish har bir yurtdoshimizning burchiga, vijdon amriga aylanmog‘i lozim. Zero, so‘mimiz ham davlat bayrog‘i, davlat gerbi kabi mustaqilligimiz ramzlaridan biridir.
O‘tgan yili 1-iyul sanasi yangi mazmun bilan boyidi. Shu kundan boshlab 5000 so‘mlik kupyura muomalaga chiqarildi.

Milliy valyutamizda mustaqilligimiz, milliy o‘zligimiz namoyon. Bu valyuta Vatanimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash, hamyurtlarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, xalqaro miqyosda mamlakatimiz obro‘-e’tiborini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilaveradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtisodiy mustaqilligimiz timsoli