Yurtimizdan ne-ne ulug‘ allomalar yetishib chiqqan. Ularning zakosi ilm-fan rivojiga juda katta hissa qo‘shgan. Bejizga buni eslamadik.

Bugun mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar kun kelib albatta o‘zining ijobiy samarasini beradi. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarimiz ko‘p. Ularning erishayotgan natijalari barchaga o‘rnak.

Shohruhmirzo Xudoyqulov 2008 yil 12 iyulda Qashqadaryo viloyati markazi hisoblangan Qarshi shahrida tug‘ilgan. Bolalagidan ilmga chanqoqligi, ta’lim sohasida yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar va bunda ota-onasining har tomonlama ko‘magi unga yuqori natijalarga erishishiga zamin yaratdi.  

Umumta’lim maktabida o‘qir ekan, qo‘shimcha darslarga ham qatnab chuqurlashtirilgan ta’lim oldi. Boshlang‘ich sinflarda olgan bilimlarining natijasida Qarshi shahridagi Prezident maktabiga kirish testlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi.  

Prezident maktabida o‘quvchilarga berilayotgan chuqurlashtirilgan ta’lim bilimlarini yanada mustahkamlashiga xizmat qildi va ketma-ket yutuqlarga erisha boshladi. 14 yoshida IELTS imtihonlaridan 7,5 ballni qo‘lga kiritdi. 15 yoshida xalqaro SAT imtihonlaridan o‘tib, yuqori natijani qayd etdi (1540 ball).  

Ma’lumot o‘rnida: SAT (Scholastic Assessment Test) CollegeBoard.org tomonidan tuzilgan imtihon turi bo‘lib, xalqaro universitetlarning bakalavr bosqichida o‘qimoqchi bo‘lgan xalqaro va mahalliy abituriyentlardan talab qilinadi. Dunyoning yetakchi davlatlari, jumladan, AQSH, Kanada, Avstraliya, Singapur, Osiyo va Yevropaning bir necha davlatlari SAT sertifikatini tan oladi. Bundan tashqari, universitetlar SAT natijalaridan kelib chiqqan holda, talabalarga qisman yoki to‘liq stipendiya (grant)lar taklif qiladi.  

Shohruhmirzo bugungi kunda yosh bo‘lishiga qaramay IT sohasida ham yaxshi natijalarga erishdi. Xususan, “Medipro” tibbiyot ilovasini yaratdi. Shuningdek “Shanbalik” ommaviy hashar loyihasi, “Billionaire mindset community” jamiyati, “Sat preb club” loyihalari asoschisi sanaladi. “Yours science journal” 2024 dasturiga qabul qilingan.

Ayni paytda Shohruhmirzo Qarshi shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi. O‘qish bilan birgalikda “Dreamzone” o‘quv markazida SAT bo‘yicha o‘quvchilarga dars beradi.  

– Kelajakda malakali shifokor bo‘lishni maqsad qilganman, – deydi Shohruhmirzo Xudoyqulov. – Hozir har xil loyihalar va dasturlar orqali xalqaro universitetlar qabuliga va Cambridge  A-daraja imtihonlariga tayyorgarlik ko‘ryapman. Dunyoning eng nufuzli tibbiyot oliygohlarida ta’lim olib, yurtimiz tibbiyot sohasi rivojiga hissa qo‘shmoqchiman.  

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidorli yoshlar – mamlakat kelajagi