Iqtidorli sportchilar maskani
Samarqand shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2 ming 131 nafar o‘qil-qiz sportning 17 turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Samarqand shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2 ming 131 nafar o‘qil-qiz sportning 17 turi bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.Yosh sportchilarga 52 nafar malakali murabbiy futbol, taekvondo (WTF), sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, boks, o‘q otish, kamondan otish, qilichbozlik, dzyudo, karate (WKF), stol tennisi, muaytay, sambo, armrestling, u-shu, shaxmat va o‘zbek jang san’ati sirlarini o‘rgatmoqda.
Maktab tarbiyalanuvchilari erishayotgan yutuqlar salmog‘i yil sayin ortib bormoqda. Chunonchi, o‘quvchilarning 3 nafari xalqaro sport ustasi, 18 nafari sport ustasi, 80 nafari sport ustaligiga nomzoddir. 2017 yilda 27 nafar sportchi milliy terma jamoalarning asosiy, 8 nafar o‘quvchi esa zaxira tarkibiga qabul qilindi. Joriy yilda terma jamoalarning asosiy tarkibidan 46 nafar sportchi o‘rin oldi. Shuningdek, 14 nafar sportchi zaxira tarkibiga kiritildi.
Kamondan otish sport turi mashg‘ulotlarida ayni paytda 40 dan ortiq yosh sportchi shug‘ullanmoqda. Ularning 13 nafari turli yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoalarining a’zolari hisoblanadi.