Mahoratli yoshlarni saralash, ularni professional faoliyat sari yo‘naltirish ommaviy sport tadbirlari orqali amalga oshiriladi.
Kuni kecha Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida 25 yoshgacha bo‘lgan havaskor va iqtidorli yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Iqtidorli shaxmatchilar” intellektual musobaqasi ham ayni maqsadlarga xizmat qildi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan o‘z iqtidoriga, aqliy salohiyatiga ishongan ko‘plab yoshlar musobaqada ishtirok etdi.

Yuqori intellektual salohiyati va yuksak sport mahoratini, “aql janglaridagi” ko‘nikmasini namoyish etgan Rustambek Erkinov, Shoxruh Hamidullayev, Behruz Qudratov o‘g‘il bolalar orasida, Uljarkin Kamalova, Zarina Ne’matjonova, Gavhar Erkinova qizlar musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Musobaqa yakunida 1-o‘rinni egallagan shaxmatchi yoshlar 5 million, 2-o‘rin sohiblari 3 million va 3-o‘rindan joy olganlar 2 million miqdoridagi pul mukofotlari, diplom va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA