Iqtidorli o‘quvchilar bellashuvi
FOTOREPORTAJ
Buxoroda kichik yosh toifasidagi o‘quvchilar uchun Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO)ning viloyat bosqichi tashkil etildi. Unda shahar va tuman bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
Olimpiada davomida ishtirokchilar ingliz tilidan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma, muloqot madaniyati, mustaqil fikrlash hamda tahliliy yondashuv salohiyatini namoyon etdi. Bellashuv jarayonlari belgilangan nizom va mezonlar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkazildi.
Ishtirokchi jamoalar “Sun’iy intellekt” mavzusida tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi. Bu ijodiy sinov orqali o‘quvchilarning til bilimi, nutq madaniyati, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va kreativ yondashuvlari baholandi.
[gallery-27874]
Hakamlar hay’ati har bir ishtirokchining natijasini xolis baholadi va eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etishga tavsiya etildi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA