Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan iqtidorli bolalar shou-tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bolalarda liderlik ko‘nikmalarini shaklantirish, ularning tashabbuslari va ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 14 nafar iqtidorli va tashabbuskor bolalar tomonidan taqdimotlar qilindi.
Tadbirda qayd etilganidek, bolalarning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, ularda Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tashkil etildi.
Bugungi kunda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkilotning a’zosi bo‘lishi mumkin.
Shou davomida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston bolalari rekordlar kitobi” loyihasidan muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tib, noyob qobiliyati bilan ajralib turgan 3 nafar bolaga sovrindorlik yorlig‘i hamda esdalik nishon topshirildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SXSPH2Rk3yw" title="Iqtidorli bolalar taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, O‘zA