“Iqtidor” g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi viloyat Qo‘g‘irchoq teatrida “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 15-noyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida milliy cholg‘u san’ati va madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning xalq cholg‘ulari san’atiga oid qiziqishlarini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan.
Tanlovning shahar va tumanlar bosqichida ishtirok etish uchun viloyatdagi 972 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 1030 ta jamoa onlayn ro‘yxatdan o‘tib, o‘zaro bellashdi. Ulardan saralangan eng munosib 15 jamoa viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.
[gallery-29193]
Yakuniy natijalariga ko‘ra, Sherobod tumanidagi 68-maktab jamoasi birinchi, Sho‘rchi tumanidagi 1-maktab jamoasi ikkinchi va Boysun tumanidagi 33-maktab jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar hamda faol jamoalar diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA