Poytaxtimizda “O‘zbekistonda iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirish va rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Ta’lim hamma narsadan ustun” jamg‘armasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ushbu loyiha O‘zbekistondagi 1,3 million nafar yoshlarga iqlim ta’limi va yetakchilik ko‘nikmalarini o‘rgatishga oid innovatsion tashabbus hisoblanadi.

Umumiy byudjeti 7,5 million AQSH dollarini tashkil etuvchi loyiha O‘zbekiston ta’lim tizimi va barqaror rivojlanish dasturiga ekologik boshqaruv tamoyillarini joriy etish yo‘lida muhim qadam sanaladi.

[gallery-23760]

Loyiha doirasida iqlim ta’limi va atrof-muhitni asrash tamoyillari mamlakatdagi maktab o‘quv dasturlariga kiritiladi. 50 ming nafar pedagog iqlimga oid darslarni o‘tkazish bo‘yicha malaka oshiradi. Respublikadagi 7 ta viloyat maktablariga 3 000 ta o‘quv-uslubiy to‘plam taqdim etiladi. 4 ming o‘quvchi-yosh qayta tiklanuvchi energiya manbalari va iqlimga moslashgan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kasbiy ta’lim oladi. Ular ish yarmarkalari va amaliyot dasturlariga jalb etiladi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — “Yosh yashil elchilar” tarmog‘i orqali 800 nafar qishloq yoshlari daraxt ekish, chiqindilarni qayta ishlash kabi mahalliy ekologik harakatlarga yetakchilik qiladi.

Loyihada shu kabi innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida milliy iqlim tanlovlari o‘tkaziladi. Eng yaxshi loyihalar xalqaro darajada tan olinadi hamda tashabbuskor yoshlar global ekologik harakatlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Ushbu tashabbus O‘zbekistonning milliy iqlim strategiyasiga bevosita hissa qo‘shib, mamlakatning iqlimga ta’sirchan hududlari uchun uzoq muddatli, barqaror yechimlarni taqdim etishi kutilmoqda.

N.Usmonova, R.Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqlim ta’limi orqali yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini kuchaytirishga oid loyiha nimalarni ko‘zda tutadi?