Joriy yilning 30 may kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Koreya poytaxti Seul shahrida video-anjuman shaklida o‘tgan «Yashil o‘sish va global maqsadlar uchun hamkorlik – 2030» ikkinchi xalqaro sammitida ishtirok etdi.

Sammit doirasidagi masalalar yuzasidan davlatimiz rahbari o‘z nutqida «yashil» tiklanish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarning muhim yo‘nalishlarini qayd etdi hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.

Ushbu yig‘ilishda BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va Iqlim bo‘yicha Parij bitimi qoidalarini bajarish masalalari alohida o‘rin olgan.

Respublikamiz Parij bitimi doirasida parnik gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni amalga oshirib kelmoqda.

Ta’kidlash lozimki, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qildi. Parij bitimi majburiyatlarini bajarish doirasida issiqxona gazlari ajratmalarini qisqartirish bo‘yicha o‘rta muddatli ustuvor vazifalar mamlakatda iqtisodiyotning energiya va resurs sarfi hajmini kamaytirish, ishlab chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, Orolbo‘yida ekologik tanglik oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutadigan qator strategik va tarmoq rejalari, dasturlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar orqali amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi masalalar bilan birgalikda "Yashil o‘sish", deganda biz atrofimizda yangi paydo bo‘layotgan toza ekologik va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, iqlim o‘zgarishining oldini olishga xizmat qiladigan. Hayotimiz faoliyatiga joriy etilayotgan yangi innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishida ko‘ramiz.

Masalan, elektroavtobus, elektro yengil mashinalar, iqtisodiyot, ekologiya yo‘nalishlarida «yashil» texnologiyalar yanada keng qo‘llana boshlandi.

Shuni ham e’tirof etish lozimki, O‘zbekistonning uzoq muddatli strategiyasi «yashil» texnologiyalarni joriy etish va «yashil» iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishni ta’minlashga imkon bermoqda.

Ya’ni 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish Strategiyasi qabul qilindi. Shu asosda ishlar tizimli amalga oshirilmoqda.

2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasining asosiy maqsadi mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga «yashil» iqtisodiyot tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligiga imkon beruvchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat.

Shu o‘rinda, so‘nggi vaqtlarda Koreya Respublikasi mamlakatimizga raqamli va “Yashil«texnologiyalarni keltirishda asosiy hamkorlardan biri bo‘lib qolmoqda. bugungi kunda Koreyaning yetakchi kompaniyalari va banklari ishtirokida O‘zbekistonda yuqori texnologik tarmoqlarda o‘nlab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.Koreya Respublikasi kompaniyalari bilan o‘zaro foydali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koreya Respublikasi kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Bu borada, Seul shahrida (Koreya Respublikasi) Koreya fond bozori ishtirokchilari uyushmasi (KOSDAQ), Koreya xalqaro savdo uyushmasi (KITA), Milliy agromadaniy kooperativlar federatsiyasi (Nonghyup), Koreyaning blokcheyn-tadbirkorlar uyushmasi va Koreyaning yirik kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

«Yashil» texnologiyalarni joriy etish orqali «yashil» iqtisodiyotga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlari nimalarga qaratilgan

O‘zbekistonning 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasiga muvofiq.

Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirishda, elektr energetika, issiqlik energetika, neft va gaz sanoati sohasida, kimyo sanoati sohalarini quvvatlarini modernizatsiyalash va energiya samaradorligi yuqori yangi quvvatlarini yaratish muhim hisoblanadi.

Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirishda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, binolarni qurish va ulardan foydalanishda yangi texnologiyalarni qo‘llash. Transport sohasida ekologik xavfsizlik choralariga muvofiq «yashil» transportni rivojlantirish. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida texnologiyalarni joriy etish.

Iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash bilan bog‘liq masalalarda, suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi,qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralari bilan bog‘liq ustuvor yangi ekologik toza texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan.

Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish bo‘yicha qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi

Ushbu sammitda davlatimiz rahbari yana bir o‘ta muhim masalalardan biri ya’ni, yaqinda O‘zbekiston tashabbusi bilan Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish bo‘yicha qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi to‘liq qo‘llab-quvvatlanganligini ta’kidladi va barcha xalqaro hamkorlarga minnatdorlik bildirdi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni, shu jumladan maxsus tashkil etilgan BMT Trast jamg‘armasi, Yashil o‘sish global instituti, “P4G” sheriklik platformasi va boshqa xalqaro institutlar doirasida birgalikda faol davom ettirish taklif etildi.

Ta’kidlash lozimki, Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta’sirini yumshatish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar, shubhasiz, keyingi davrda amalga oshirilgan ishlarning mantiqiy davomidir. Orol dengizining qurigan hududlarida «yashil qoplamalar» himoya o‘rmonzorlari barpo etish, ekologik muhitni barqarorlashtirish hamda tabiiy muvozanatni tiklash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada ushbu hududdagi ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi o‘simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Ekologik muammolarni tahlil qilish va amaliy yechimlarini ishlab chiqishda muvaffaqiyatga erishgan xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Ulardan kelib chiqqan holda, tegishli konseptual hujjatlar ishlab chiqilgan. Jumladan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasi qabul qilindi, «Orolbo‘yi — ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi» konsepsiyasi loyihasi ustida ish olib borilyapti. Shu asosda Orol dengizi va uning atrofida amalga oshirilayotgan ishlar va ekologiya masalalari bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishi kutilyapti.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, qo‘shni davlatlar va jahon jamoatchiligi bilan birgalikda Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta’sirini yumshatishga qaratilgan harakatlarni qat’iy davom ettirilishi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning uzviy qismi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ushbu sammitda Orol masalasiga yana bir bor alohida e’tibor qaratilishi nafaqat milliy manfaatlarimizga, balki mintaqa davlatlari va jahon jamoatchiligining ekologik barqaror rivojlanish bo‘yicha olib borayotgan chora-tadbirlarga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Sammitda, mintaqamizda iqlim o‘zgarishi, bulg‘anish darajasini oshiruvchi gazlar va atmosfera ifloslanishi muammolari ta’sirida transchegaraviy daryolar oqimi va biologik xilma-xillik qisqarayotgani munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi.

Atmosfera va atrof-muhitga chiqayotgan tashlamalarning asosiy qismi an’anaviy yoqilg‘i bilan ishlaydigan energetika (31,3%) va neft-gaz sohasiga (29 %) to‘g‘ri keladi. Oltingugurt, azot, uglerod oksidlari atmosferada uzoq joylargacha tarqaladi, suv bilan aralashib, kislotalar, eritmalariga aylanib, yomg‘ir tarkibida yerga tushadilar va o‘simliklarga, tuproqqa, suvga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Umumiy uyimiz biosfera barqarorligini asrash hozirgi vaqtda eng muhim va dolzarb umum sayyoraviy ekologik muammolardan biridir. Chunki, tabiiy resurslardan normasiz foydalanish, antropogen omillarning tabiatga keltirilgan salbiy ta’siri va boshqa sabablar natijasida ekotizimlarga kuchli ta’sir ko‘rsatilmoqda, juda ko‘p tur o‘simlik va hayvonlar yo‘qolib ketmoqda. Inson tabiatsiz – yashamaydi. U barcha mahsulotlarni tabiatdan oladi. Yer yuzida 7 mlrd.dan ziyod inson kislorod bilan nafas oladi, kislorodning manbai esa o‘simliklardagi fotosintez jarayonidir.

Xalqaro miqyosda aholining o‘sishi tabiiy resurslar va qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash, barqaror rivojlanish sharoitida ilm-fan yutuqlari innovatsion texnologiyalarini joriy etgan holda normativ-huquqiy bazani shakllantirgan holda taraqqiyotga erishish talab etiladi.

Dunyoda biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, biologik resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash muhim ijtimoiy-huquqiy masalalardan biri sanaladi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil kitobiga hayvonlarning 73 ta turi va kenja turlari kiritilgan. Ularning kelajagi global ko‘lamda tashvish uyg‘otadi. Global ekologik jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, biologik xilma-xillik kamayib borayotgani, chunonchi: noyob genlar, turlar va ekologik tizimlar yo‘q bo‘lib ketayotgani tahdid sifatida qaralmoqda. Agar biologik xilma-xillik yo‘qolishining hozirgi tezligi saqlanib qolsa, odamlarning tabiiy yashash joylarini buzish, ifloslash, iqlimni o‘zgartirish borasidagi harakatlari natijasida sayyoramizdagi turlarning yarmi 100 yildan ham kamroq vaqt ichida yo‘q bo‘lib ketadi. Shu nuqtai nazardan biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish huquqi mexanizmlarini ta’minlash vositasi sifatida, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni tashkil etish, ekologik holat barqarorligini ta’minlashda, biologik resurslar, biotexnogiyalar, gen injeneriyasi, bioxilma-xillik davlat kadastri va monitoringi yetarlicha amalga oshirilmasligi, bioxilma-xillikni saqlash sohasida moliyalashtirish, baholash mexanizmlari yetarlicha joriy etilmaganligi, milliy qonun hujjatlari hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bog‘liq muammolarning yechimini topish masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Respublikamizda biologik xilma-xillikni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash, huquqiy asoslarini mustahkamlash, institutining ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish, biologik xilma-xillikka nisbatan aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirish orqali ularni ekologik muammolarni hal etishga faol jalb qilishga alohida e’tibor berilib, maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar va o‘simliklarning kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Olim Narzullayev,

TDYUU

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yengib o‘tish, «yashil» tiklanish va global maqsadlar...