Iqlim inqirozi – inson salomatligiga jiddiy xavf
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining hisobotiga köra, iqlim özgarişining inson salomatligiga salbiy taʼsirini yumşatiş orqali dunyo böyiça har yili 1,6 million bevaqt ölimning oldini oliş mumkin. Buning uçun jaziramadan erta ogohlantiriş tizimlarini yaratiş, aholini xavfsiz içimlik suvi va sanitariya şaroitlari bilan taʼminlaş hamda ekologik toza energiya manbalariga ötiş kabi oltita muhim çorani keng joriy etiş talab etiladi.
Taşkilot maʼlumotlariga köra, uşbu yönalişdagi saʼy-harakatlarga sarflangan har 1 dollar mablağ örtaça 24 dollarlik iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltiradi. JSST boş direktori Tedros Gebreisus taʼkidlaganidek, iqlim inqirozi ayni paytda jiddiy soğliqni saqlaş inqirozi ham hisoblanadi va mavjud imkoniyatlar orqali töliq oldini oliş mumkin.
***
Toşkent davlat tibbiyot universiteti mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan va xalqaro aloqalarni faol rivojlantirib kelayotgan yetakçi oliy öquv yurtlaridan biridir. Universitetda Koreya Respublikasining «Korea University Guro Hospital» şifoxonasi vakillari bilan ötkazilgan muhim uçraşuvda tibbiyot va stomatologiya sohasida hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida lab va tanglay yoriqlari bölgan bemorlarga ixtisoslaştirilgan yordam körsatiş hamda mutaxassislar malakasini oşirişga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Uşbu loyiha doirasida koreyalik şifokorlar yurtimizda master-klasslar ötkazişi, mahalliy mutaxassislar esa bilim va könikmalarini boyitib, aholiga körsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaşi közda tutilgan.
***
Respublika OITSga qarşi kuraşiş markazida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuniga bağişlangan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi. Unda soha fidoyilarining aholi salomatligini asraşdagi masʼuliyatli mehnati eʼtirof etilib, bir guruh faol xodimlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Şuningdek, tadbir doirasida mamlakatimiz böylab öz yönalişida faol işlayotgan mutaxassislarga «Yilning innovatsion tarğibotçisi», «Yilning fidoyi şifokori» kabi qator nominatsiyalar berildi. Bayram taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi konsert dasturi va kötarinki ruhdagi sahna çiqişlari bilan davom etdi.
***
«Pharm Service» hamda Yaponiyaning «Fujikura Kasei», «PHC» va «Eiken Chemical» kompaniyalari vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi. Muzokaralarda Özbekistonning tibbiyot va farmatsevtika sanoatida xalqaro aloqalarni kengaytiriş hamda yapon kompaniyalarining mamlakatimiz bozoridagi iştirokini faollaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv davomida Özbekistonda «IVD» mahsulotlarini mahalliy işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatlari, uning huquqiy mexanizmlari hamda farmatsevtika mahsulotlarini davlat röyxatidan ötkaziş tartib-qoidalari yuzasidan fikr almaşildi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA