Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining bugungi yig‘ilishida «Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat byudjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

– Odatda bank ipoteka kreditini ajratganidan so‘ng ushbu mablag‘lar qaytishini 20 yil kutishi kerak, – dedi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili. – Banklar ajratilgan mablag‘lar aylanmasini tezlashtirish uchun ushbu kreditlarning o‘zini aktiv sifatida ishlatadi, ya’ni ularni boshqa shaxsga sotadi yoki garovga beradi. Garov xatining afzalligi esa uni boshqa shaxsga berganda ipoteka krediti bo‘yicha barcha huquqlar avtomatik ravishda ushbu shaxsga o‘tadi. Bunda kredit va ipoteka shartnomalariga notarial tartibda o‘zgartirish kiritish hamda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi.

Hozirgi paytda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan garov xatini rasmiylashtirish paytida tomonlarning ishtirok etishi, ariza beruvchilarning Kadastr organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi talab qilinadi. Bu esa jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Loyiha bilan garov xatini onlayn tartibda yoki davlat xizmatlari markazlariga borish orqali rasmiylashtirish masalasi ko‘zda tutilmoqda. Bu xarajatlarni kamaytirib, vaqtni tejash imkonini beradi.  

Muhokamalarda elektron garov xati konsepsiyasini joriy etish bo‘yicha fikrlar muhokama qilindi.

M.Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipoteka krediti: garov xatini onlayn rasmiylashtirish belgilanmoqda