Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan “Ipoteka bank” Sirdaryo filiali kredit komissiyasi raisi T.I, kredit komissiyasi a’zolari, “IL-NUR PROD” MCHJ rahbari N.B. va boshqalarga nisbatan juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi holati bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.    

Jinoyat ishi bo‘yicha 2022 yil 25 oktyabrda N.B.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.  

Hozirda, jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.  

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Ipoteka bank"da kredit komissiyasi mas’ullari katta miqdordagi kreditni talon-toroj qildi