O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi oldidan qo‘mitalar yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi majlisida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi. Hujjat qishloq xo‘jaligi kooperativlari faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlariga xizmat qiladi.

Qonun bilan qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalari faoliyatining asosiy tamoyillari mustahkamlanmoqda. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi kooperativini tashkil etish mexanizmlari, xususan, kooperativni tashkil etish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi kooperativlariga yer uchastkalarini berish va ulardan foydalanish tartibi hamda qishloq xo‘jaligi kooperativining ustaviga doir talablar belgilanmoqda.

Shu bilan birga, kooperatsiyaning boshqaruv organlarini tashkil etish tartibi, ijro etuvchi organlar, kuzatuv kengashi va ularning vakolatlari, yig‘ilishlarni chaqirish va qarorlar qabul qilish tartibiga oid normalar nazarda tutilmoqda.

Qonunda qishloq xo‘jaligi kooperativi mulkini shakllantirish manbalari, pay badallari va pay fondi, foyda va zararni taqsimlash, kooperatsiya va a’zolarning mulkiy javobgarligining huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda.

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi kooperativiga a’zolikka doir masalalar ham ochib berilmoqda. Xususan, o‘n olti yoshga to‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi kooperativi ustavi talablariga mos bo‘lgan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi kooperativining a’zosi bo‘lishi mumkinligi keltirib o‘tilmoqda.

Majlisda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Qayd etilishicha, respublikada 53,5 ming gektar tutzor barpo etilib, joriy yilning bahorgi mavsumida 62,5 million tup tut ko‘chati va 53 million tupdan ortiq yakka qator tut daraxtlari ekilgan.

Qolaversa, 11 ta ipak qurti urug‘chilik korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan 2019 yilda 157,8 ming quti, 2020 yilda 185,9 ming quti, 2021 yilda 240 ming quti sanoatbop ipak qurti urug‘lari ishlab chiqarilgan. Bundan tashqari, 2019-2020 yillarda ipakchilik yo‘nalishida investitsiya dasturiga asosan 123 ta loyiha doirasida 163,4 million dollarlik mablag‘, shu jumladan, 10,4 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilingan.

So‘nggi to‘rt yilda pillachilik klasterlari soni 19 tadan 76 taga yetkazilgan. Respublikamiz yaylovlarida 93 ming gektardan ortiq kavrak o‘suvchi maydonlar mavjud bo‘lib, mazkur yo‘nalishda 7 ta kavrakchilik klasterlari tashkil qilingan. 2019-2020 yillarda qorako‘l qo‘ylarining naslini yaxshilash maqsadida Navoiy viloyati Konimex tumanida, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumanida Qorako‘lchilik ilmiy naslchilik tajriba stansiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Majlisda amalga oshirilgan ishlarga qaramay ipakchilik, tutchilik, qorako‘lchilik va madaniy yaylovlar barpo etishni rivojlantirish bilan bog‘liq tizimli muammolar saqlanib qolinayotgani ta’kidlandi.

Xususan, “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, yangi intensiv tutzorlar barpo etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2020 yil 1 fevraldan boshlab, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan pillachilik va tutchilik tashkilotlariga maydoni 35 gektardan ziyod tutzorda suv chiqarish uchun burg‘ulangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so‘mgacha subsidiya berilishi belgilab qo‘yilgan.

Biroq Jizzax viloyati Yangiobod tumanida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan burg‘ulangan quduq va suv tortish uchun qurilish nasos stansiyasi qurilib, subsidiya olish bo‘yicha barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar subsidiya mablag‘lari ajratilmagan. Bu holat tizimdagi boshqa intensiv tutzor barpo qilish istagida bo‘lgan tadbirkorlarning o‘z loyihalari to‘xtatib qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, respublika bo‘yicha tutzorlar barpo etish uchun ajratilishi lozim bo‘lgan 20 ming gektar yer maydonidan atigi 9 ming gektari (45 foiz) ajratilgan xolos.

Yana bir jihat, respublikadagi mavjud tutzorlar va yakka qator tut daraxtlari xatlovdan o‘tkazilganda rejada belgilangan 3,3 ming gektar tutzor va 26,5 mln tup yakka qator tut daraxtlari mavjud emasligi aniqlangan.

Qolaversa, klasterlarga ajratilishi belgilangan qishloq xo‘jaligi maydonlaridan Buxoro viloyatida 339 gektar, Qashqadaryo viloyatida 441 gektar kam yer ajratilgan. Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida umuman yer ajratilmagan.

Nurillo Nasriyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish bilan bog‘liq muammolar