Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga 2019/2020 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun “Orintation week” haftaligi doirasida “Welcome to the University” nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati hokimligi vakillari, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar va ularning ota-onalari qatnashdi.

Universitet rektori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, joriy yilda mazkur nufuzli ta’lim dargohiga o‘qishga qabul qilingan yoshlarni tabrikladi. Ularning o‘qishlariga muvaffaqiyat tiladi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil iyun oyida Xitoyning sindao shahrida o‘tkazilgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ilgari surgan g‘oyasi asosida o‘tgan yil tashkil etilgan universitetimiz mamlakatimizda xalqaro talablar darajasida turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi, – dedi A.Abduhakimov. – Bugungi kunda universitetimizda turizm sohasi uchun eng zarur va zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlanmoqda. Qisqa vaqt ichida dunyoning o‘ndan ortiq davlatlaridagi yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydik. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ilk bor “Double degree” (qo‘shma diplom) dasturi bo‘yicha hamkorlikda talabalarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Bu bizning talabalarimizga xorijiy davlatlardagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish, malaka oshirish, tajriba o‘rganish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda universitetda mahalliy mutaxassislar bilan birga 20 nafarga yaqin xorijlik professor-o‘qituvchilar saboq bermoqda. Dars jarayonlari ilg‘or zamonaviy ta’lim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yilgan.

Statistik prognozlarga ko‘ra, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalarining 92 foizi o‘qishni bitirgandan so‘ng olti oy davomida ish topishlari mumkin. Ish topishda bitiruvchilarga universitet qoshida tashkil etilgan Career Service (bitiruvchilar va kichik kurs talabalariga ish topishda ko‘maklashuvchi xizmat) yordam ko‘rsatadi.

Yaqin yillarda mazkur universitet nafaqat mamlakatimizda, balki dunyoda o‘zining o‘z munosib o‘rniga ega ilg‘or oliy ta’lim muassasasiga aylanadi.

– “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan talabalar qatorida ekanligimdan faxrlanaman, – deydi universitet mehmonxona menejmenti yo‘nalishi talabasi Gulruxsor Murodullaeva. – Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur oliy o‘quv yurtida o‘qish orzuim edi va bugun bu orzuim ushalib turibdi. Endi universitetni muvaffaqiyatli bitirib, yurtimiz turizm sohasi rivojiga hissa qo‘shadigan kadr bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim. Bu maqsad yo‘lida yaxshi o‘qishga, xalqaro tajribani o‘rganishga astoydil harakat qilaman.

Tadbir davomida universitet faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar ham namoyish etildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetiga xush kelibsiz!
Жамият
17:38 / 24:09:2019