Jizzax viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida umumiy qiymati 2.7 trillion so‘mlik 252 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi natijasida 3 ming 77 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

– Viloyatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi Jizzax viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Iskandar Ahatov. – Yaratilgan qulay investitsiya muhiti, hududdagi boy tabiiy resurs manbalaridan foydalanish imkoniyatlari xorijlik sarmoyadorlarning qiziqishini oshirmoqda.

Mavjud imkoniyatlar hisobga olinib, 2020 yilda 302,5 million AQSH dollari hajmida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish belgilangan. Joriy yilning o‘tgan o‘n oyi davomida viloyatda 146,5 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobiga yirik ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyatning Zafarobod tumanida qiymati 150 million dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga yirik sement zavodi barpo etildi. "Huaxin Cement Jizzakh" MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona yiliga 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Ushbu loyihaning yana bir muhim jihati eng so‘nggi rusumdagi energiya tejamkor, ekologiyaga ta’siri kam bo‘lgan texnologiyalarni joriy etish natijasida M-400 va M-500 markadagi sifatli sement mahsulotlari ishlab chiqarilayotir. Korxonada 300 dan ko‘proq yangi ish o‘rni yaratildi.

Yilning o‘tgan davrida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish hisobiga “Global Optical Communication” MCHJda optik tolali kabel-sim mahsulotlari, “Jada Color Tekstil” MCHJda trikotaj mato ishlab chiqarish va bo‘yash, “Arhat chemicals” MCHJda texnik spirt, “Mirzacho‘l Teks” MCHJda jinsi mato ishlab chiqarish loyihalari ishga tushirildi.

Shuningdek, kiritilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan “Alfa Eco Corparation” MCHJ sement ishlab chiqarish, “Jizzax organik” MCHJ xususiy korxonasida chorvachilikni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, “Silverleafe BMB Agro Trade Group” qo‘shma korxognasida agroklaster tizimini tashkil etish loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Viloyatda 2020-2022 yillarda umumiy qiymati 27,4 trilion so‘mlik 604 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilangan. Jumladan, sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 20,6 trillion so‘m bo‘lgan 201 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 966,3 milliard so‘mlik 214 ta, qishloq xo‘jaligida 5,8 trillion so‘m bo‘lgan 189 ta loyihalar amalga oshiriladi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida kirtiladigan sarmoyaning 5,2 trillion so‘mini bank kreditlari va 1,8 milliard dollarini xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalarni amalga oshirish natijasida 22 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya loyihalari asosida 3 mingtadan ziyod ish o‘rni yaratildi