Prezidentimiz qayerda qonun ustuvor bo‘lsa, o‘sha yerda biznes rivojlanishi, investitsiya muhiti jozibador bo‘lishini ta’kidladi.

Mamlakatimizda ishbilarmonlar sinfi shakllanib ulgurdi. Ular shunchaki tadbirkor emas, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlarni rivojiga katta hissa qo‘shayotgan faol investorlarga aylanmoqda.   

Shuningdek, an’anaviy sarmoyalar bilan birga venchur, bond, kraudfanding, startap kabi zamonaviy investitsiya vositalari ham jadal rivojlanmoqda.   

–To‘g‘ri, bizda investitsiyaviy munosabatlarni tartibga solish, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilish va ularga sharoitlar yaratish bo‘yicha yuzlab hujjatlar bor. Bularni hammasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yagona qonunga birlashtirib, Investitsiya kodeksini qabul qilish vaqti keldi. Bu hujjat investitsiya sohasidagi barcha qoida, kafolat va tartib-taomillarni bir tizimga solib, investitsiyalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.   

Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi biznes muhitni yaxshilash bo‘yicha qarorlar tayyorlashda faollik ko‘rsatib kelayapti.   

Parlamentimiz yangi kodeksni ishlab chiqishda Jamoatchilik kengashi bilan yaqin hamkorlik qilsa, o‘ylaymanki, bu ham katta samara beradi, – dedi Prezident.   

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Investitsiya kodeksini qabul qilish vaqti keldi – Prezident