Intiluvchan yoshlar o‘z yurtida yuksaladi (+video)
Dilshodbek Ergashev yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlarimizdan biri hisoblanadi. Qahramonimiz Namangan viloyati Uychi tumani Mevazor mahallasida yashaydi.
U Prezidentimizning joriy yil 14 fevraldagi “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida parrandachilik uchun Yoshlar banki orqali imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini boshladi.
–Avvallari mana shunday parrandachilik xo‘jaligida oddiy ishchi edim, – deydi D.Ergashev. – Yoshlar yetakchisining ko‘rsatgan yo‘l-yo‘riqlari, bizga berilayotgan imtiyozlar natijasida o‘z tadbirkorligimni yo‘lga qo‘ydim.
Dilshodbekdek intiluvchan, o‘z haq-huquqlaridan foydalana oladigan yoshlar borki, o‘z yurtida yuksaladi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EglIjdU7SNg" title="Intiluvchan yoshlar o`z yurtida yuksaladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, O‘zA