Intellektual mulkni himoya qiliş tizimi takomillaştiriladi
Bugun parlament quyi palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining yiğilişida intellektual mulkni huquqiy muhofaza va himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi ikkinçi öqişda körib çiqildi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasi bilan xizmat vazifalarini yoki xizmat topşiriğini bajariş jarayonida yaratilgan asarlarga bölgan mulkiy huquqlarni tartibga solişda tomonlarning şartnomaviy erkinligini taʼminlaş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, intellektual mulk obʼektlari böyiça davlat ekspertizasi qarorlaridan norozi bölgan şaxslarga Apellyatsiya kengaşiga murojaat qiliş, şu bilan birga, bevosita sudga murojaat etiş huquqi berilmoqda. Bu fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining öz huquq va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Eʼtirof etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinişi intellektual mulk sohasidagi huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş, mahalliy va xorijiy investorlar uçun işonçli huquqiy muhit yaratiş hamda mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga xizmat qiladi.
M.Komilova,
ÖzA