Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2019-yilgi faoliyati natijalariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari Toʻlqin Abdusattorovning soʻzlariga koʻra, intellektual faoliyat samarasi boʻlgan kashfiyot va ixtirolar har bir davlat ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-axloqiy taraqqiyotining muhim asosi hisoblanadi. Ilmiy yutuqlar mamlakatning jahon maydonidagi obroʻsini oshiradi. Shu bois dunyoning rivojlangan mamlakatlarida intellektual mulkni himoya qilish, uning huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda mualliflarning qonuniy huquq va erkinliklarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Intellektual mulkka boʻlgan huquqni himoya qilish maqsadida Oʻzbekistonda uchta asosiy meʼyoriy-huquqiy hujjatni oʻz ichiga olgan milliy qonunchiligimiz ishlab chiqildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mazkur sohaga qator innovatsiyalar tatbiq etildi.

Masalan, 2019/2020 oʻquv yilida Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichida “Intellektual mulk huquqi” boʻyicha yangi yoʻnalish ochildi. Bu yuqori malakali mutaxassislar talab etilayotgan mazkur sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi boʻlgan apellyatsiyalarni sudgacha koʻrib chiqish boʻyicha Apellyatsiya kengashi tuzildi.

2019-yilda Intellektual mulk agentligi koʻrsatayotgan xizmatlar sifati yaxshilangani va oshkoralik tufayli uning faoliyat samaradorligi sezilarli darajada oshdi. Oʻtgan yilning 1-martidan boshlab tovar, xizmat koʻrsatish belgilari va tovarning kelib chiqish joyi uchun arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni baza.ima.uz. maʼlumotlar bazasiga joylashtirish tizimi joriy etildi.

2019-yil sentyabr oyidan boshlab tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha barcha talabnomalarni elektron shaklda davlat xizmatlari markazlari yoki davlat xizmatlari interfaol yagona portali orqali taqdim etish mumkin. Oʻtgan vaqt mobaynida elektron shakldagi 30 talabnoma taqdim etildi.

Bugungi kunda agentlik intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish sohasida yagona siyosat yuritayotgan vakolatli organ sanaladi. Birgina 2019-yilning oʻzida tashkilotga intellektual mulk obyektlaridan oʻn mingdan ziyod talabnoma kelib tushgan. Bu 2018-yildagiga nisbatan 17,7 foiz koʻp. Ular oʻrganilgandan soʻng 8549 talabnoma boʻyicha ekspertiza oʻtkazilgan, 4445 talabnoma intellektual mulk obyektlari davlat reyestriga kiritilgan, 2254 tovar belgisiga esa Madrid kelishuvi protokoli boʻyicha huquqiy himoya taqdim etilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual mulkni himoya qilish choralari koʻrilmoqda