Intellektual mulk sohasidagi hamkorlik xalqaro darajada muhokama qilindi
Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar intellektual mulk idoralari rahbarlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikromov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tadbirda tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish, tajriba va axborot almashinuvini kengaytirish, shuningdek, intellektual mulk idoralari rahbarlarining birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarning ijrosi muhokama qilindi.
Bundan tashqari, intellektual mulk sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni almashish hamda istiqboldagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar tomonidan intellektual mulk sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
N.Abduraimova, O‘zA