O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq,  Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

nazorat xaridini tashkil etishni rejalashtirish va uni o‘tkazishga oid qoidalar;

nazorat xaridining natijalari bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilish holatini o‘rganish;

intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligi holatini baholash bo‘yicha mezonlarni belgilash;

nazorat xaridini amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish tartibi belgilab berilgan.

 Hukumat qaroriga ko‘ra, Adliya vazirligi:

savdo nuqtalarida sotiladigan iste’mol tovarlari, dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika hamda mualliflik huquqi ob’ektlarini realizatsiya qilish jarayonida intellektual mulk sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli ravishda o‘rganishlar o‘tkazilishi;

keng jamoatchilik o‘rtasida intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini oshirish hamda kontrafakt tovarlarga nisbatan toqatsizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlashga mas’ul davlat idorasi hisoblanadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual mulk sohasida nazorat xaridini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi 