Intellektual mulk sohasi tadbirkorlar nigohida
Barchamizga maʼlumki joriy yil 12-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Barchamizga maʼlumki joriy yil 12-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Bunda, soha kompleks tahlil qilinib, tizimdagi mavjud muammolar tahlil qilindi va ularni bartaraf etish uchun bir qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, har bir vazirlik, idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama qilindi.


Yuqoridagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Termiz shahrida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori oʻrinbosari Ye.S. Kanyazov tomonidan amaliy uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda tadbirkorlarga milliy brend yaratishning oʻziga xosliklari, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi, yurtimizdagi joy nomlari bilan bogʻliq tovar va xizmatlarni ommalashtirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, tadbirkorlar va patent egalari, ilm-fan vakillari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.


Shuningdek, Ye.S.Kanyazov Termiz shahridagi “ZIF TEXTILE” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda “SURXON KSP-GRAND” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida ham boʻlib, tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini himoya qilish orqali tadbirkorlar oʻrtasida nohalol raqobatning oldini olish, ixtirochi yaratgan sanoat namunasidan qonunda belgilangan tartibda foydalanish va undan foyda koʻrish, tovar belgilarini milliy va xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish kabi masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirish berildi.
Amaliy uchrashuv qatnashchilari ikki haftalik muddatdan soʻng yana bir marta masalalarning amaliy yechimi boʻyicha taklif va maʼlumotlar bilan oʻzaro uchrashishga kelishib oldilar.