Mavjud qonunchilikka ko‘ra, adabiy asarlar, drama va ssenariy asarlari, matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, musiqali drama, xoreografiya asarlari va pantomimalar. audiovizual asarlar hamda rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn kabi asar turlari mualliflik huquqi ob’ektlari sanaladi.

Asardan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini ko‘rsatgan holda hamda asarning normal foydalanilishiga zarar yetkazmaslik, muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmaslik sharti bilan qonunchilikda belgilangan tartib asosida  foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.  

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Intellektual mulk hamda mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi, ushbu masalalarning media-makonda yoritilishi” mavzusida seminar tashkil etildi.  

Seminar davomida soha vakillari tomonidan turdosh huquqlar va hammualliflik masalalariga jurnalistik yondoshuvning o‘ziga xos jihatlari haqida ma’ruzalar taqdim etildi. Xususan, joriy yil 12 yanvarda o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifa bo‘lib qolishiga urg‘u berilgani qayd etildi. O‘zbekiston axborot makonida milliy kontent yaratish zarurati va talabi yuzasidan jurnalistlarga amaliy va nazariy ma’lumotlar berib o‘tildi.  

Seminar yakunida ishtirokchilarga  sertifikat topshirildi.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Intellektual mulk, mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi bo‘yicha seminar