Intellektual mulk idoralarida natijaga asoslangan boşqaruv
Samarqand şahrida intellektual mulk idoralari uçun strategik liderlik va natijaga asoslangan boşqaruv böyiça mintaqalararo forum öz işini boşladi.
Butunjahon intellektual mulk taşkiloti (BIMT) va Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda Markaziy Osiyo, Kavkaz, Şarqiy Yevropa hamda arab mamlakatlarining intellektual mulk idoralari rahbarlari va vakillari, xalqaro ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etmoqda.
Forum avvalida Özbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toşqulov, Butunjahon intellektual mulk taşkiloti departament direktori Habip Asan, BIMT bölim direktori Jorj Gandur sözga çiqib, mazkur tadbir intellektual mulk idoralari işini samarali taşkil etiş, ixtiroçilar, ijodkorlar va tadbirkorlarga körsatiladigan xizmatlar sifatini oşiriş böyiça xalqaro tajriba almaşişga xizmat qilişini taʼkidladi.

– Sönggi yillarda intellektual mulk idoralarining roli sezilarli darajada özgardi, – deydi Butunjahon intellektual mulk taşkiloti departament direktori Habip Asan. – Biznes va innovatorlar ulardan innovatsiyalarni rivojlantiriş, iqtisodiy ösiş hamda raqobatbardoşlikni oşirişga kömaklaşişni tobora köproq kutmoqda. Şu bois faoliyatimizda aynan natijaga yönaltirilgan boşqaruvni yölga qöyiş eng muhim masaladir.
Özbekiston adliya vaziri öz sözida mamlakatimizda intellektual mulkni muhofaza qiliş va mualliflik huquqlarini kafolatlaş borasidagi işlar haqida maʼlumot berib, kreativ iqtisodiyotni rivojlantirişda mazkur tarmoqning roli oşib borayotganini qayd etdi.

– Bugun bizning asosiy vazifamiz intellektual mulk tizimimizni modernizatsiya qilişdan iborat, – dedi A.Toşqulov. – Biz asosan huquqlarni himoya qilişga yönaltirilgan modeldan odamlarga intellektual aktivlarni samarali boşqariş va ulardan iqtisodiyotda foydalanişga yordam beradigan modelga ötişni maqsad qilganmiz. Çunki, intellektual mulk idoralarining faoliyati yangi ixtirolar, tovar belgilari va boşqa intellektual mulk obʼektlarini huquqiy muhofaza qiliş bilan bevosita boğliq.
Forumning birinçi kungi sessiyalarida intellektual mulk idoralarining özgarib borayotgan vazifalari, rahbarlarning faoliyatni taşkil etişdagi örni va uzoq muddatli maqsadlarni belgilaş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, strategik maqsadlarni yillik iş rejalariga aylantiriş, har bir vazifa böyiça kutilayotgan natija, masʼul va muddatlarni aniq belgilaş yondaşuvlari körib çiqildi. Maqsadlar idoraning kundalik işi bilan boğliq bölişi va ularning bajarilişini baholaş imkoni mavjudligiga eʼtibor qaratildi.

– Xalqaro tajribada körişimiz mumkinki, deyarli barça rivojlangan davlatlar intellektual mulkka asoslangan iqtisodiyot yuritadi, – deydi adliya vazirligi intellektual mulkni röyxatga oliş va rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Amir Qodirov. – Ularning işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalari yangi texnologiyalar, brendlar, nou-xaularga asoslangan. Şu jihatdan, bugun mamlakatimizda ham uşbu sohaga alohida eʼtibor berilmoqda. Butunjahon intellektual mulk taşkiloti bilan hamkorlikda intellektual mulk sohasini 2027-2030-yillarda rivojlantiriş strategiyasi loyihasini işlab çiqqanmiz. Qolaversa, bu borada boşqa davlatlar bilan özaro tajriba almaşiş, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş böyiça hamkorlikni yölga qöyganmiz. Bugungi tadbirimiz ham şu maqsadga qaratilgan. Umuman, keyingi uç yilda uşbu yönalişda yurtimizda oltita xalqaro tadbir ötkazilgani mazkur sohaga qançalik katta eʼtibor qaratilayotganining yorqin ifodasidir. Buning natijasida ayni paytda intellektual mulkdan foydalaniş va rivojlantiriş böyiça xalqaro reytinglardagi örnimiz mustahkamlanib bormoqda.
Forumda intellektual mulk idoralari işini aholi va biznes ehtiyojlariga moslaştirişga alohida eʼtibor qaratildi. Iştirokçilar xizmat körsatiş jarayonlarini yaxşilaş, ekspertiza sifatini oşiriş, arizalarni körib çiqiş muddatlariga rioya etiş va murojaatçilarning qoniqiş darajasini örganiş masalalarini muhokama qildi.
[gallery-32715]
– Özbekistonlik hamkasblarimizning taklifi bilan mazkur forumda qatnaşayotganimizdan xursandmiz, – deydi Qozoğiston Respublikasi adliya vazirligining intellektual mulk huquqlari qömitasi raisi Şölpan Abdreyeva. – Bugun intellektual mulk huquqini himoya qiliş, sohani rivojlantiriş mamlakat taraqqiyotining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Özbekiston adliya vaziri qayd etganidek, bizda ham bugun kreativ iqtisodiyotda intellektual mulkning ahamiyati oşib bormoqda va şuning uçun sohaga alohida eʼtibor qaratyapmiz. Mamlakatga investitsiyalarni keng jalb qiliş va kafolatlaşda mazkur soha bilan bevosita boğliq. Bu borada xalqaro tajriba va mintaqa davlatlari amaliyotini örganiş barçamiz uçun manfaatli bölişi tabiiy.

Xalqaro anjuman muhokamalarning muhim mavzularidan yana biri idora faoliyatini bajarilgan işlar soni bilan birga, ularning amaliy natijasi asosida ham baholaş böldi. Bunda intellektual mulk obʼektlarini tijoratlaştiriş, yangi iş örinlarini yaratiş, aholi daromadlarini oşiriş va mamlakat iqtisodiy rivojlanişiga qöşilgan hissa idoralar faoliyatining muhim amaliy natijalari sifatida qayd etildi.
Forumning ikkinçi kungi sessiyalarida intellektual mulk idoralarining kundalik faoliyatini tahlil qiliş va maʼlumotlarga tayangan holda qaror qabul qiliş masalalari körib çiqilişi rejalaştirilgan.
Ğolib Hasanov, Alişer Isroilov (surat),
ÖzA muxbirlari