“INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QKdan rasmiy xabar
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “INTEGRO PRIME BUSINESS” qo‘shma korxonasi (INN –304669073) barcha kontrgentlariga 2024 yilning 30 iyulida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishida IPB-1 sonli protokol qarori qabul qilinib, unga ko‘ra, “INTEGRO FACILITY” MCHJ QK (INN –303792983) va “INTEGRO RENTAL BUSINESS” MCHJ QK (INN –303791423) “INTEGRO PRIME BUSINESS”ga qo‘shilayotgani haqida ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunining 51 moddasiga muvofiq, qo‘shilish yo‘li bilan qayta tashkil etish natijasida “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QK “INTEGRO FACILITY” MCHJ QK va “INTEGRO RENTAL BUSINESS” MCHJ QKning barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Shu tariqa, “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QK “INTEGRO FACILITY” MCHJ QK va “INTEGRO RENTAL BUSINESS” MCHJ QKning kontragentlari o‘zlarining keyingi talablarini Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 52-uy manzilida joylashgan “INTEGRO PRIME BUSINESS” MCHJ QKga bildirishlari mumkinligini ma’lum qiladi.
Murojaat uchun tel: (99871) 276-93-74. Korxonamiz bilan hamkorlik qilishda mazkur ma’lumotni hisobga olishingizni so‘rab qolamiz.