Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni oldidan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, talabalar, ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Aksilkorrupsiya oyligi doirasida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirni o‘tkazishdan maqsad faoliyat ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarning oldini olish va bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tizimlarini joriy etish bo‘lib hisoblanadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtaldi. Ushbu holatga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlarining, balki barchamizning vazifamiz ekanligi qayd etildi. Buning uchun esa jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ijobiy samara beradi.

Tadbirda tamagirlik, pora berish va olish, ma’lum bir sovg‘a taklif etish evaziga fuqarolarning huquq va manfaatlariga qarshi harakat qilish qonuniy man etilishi, agarda mana shunday holatlar yuzaga kelsa, jinoiy javobgarlikka olib kelishi ta’kidlandi.

– Korrupsion holat haqida bevosita yoki anonim xabar berish uchun maxsus ishonch telefoni va telegram bot faoliyati yo‘lga qo‘yildi,– deydi institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Palmurza Xojabekov. –Bundan tashqari, har bir fakultetda anonim xabarlar uchun adliya qutichalari o‘rnatilgan. Mana shunday tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz”  tanlovida birinchi o‘rinni egalladik. Bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarimiz tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Tadbir ishtirokchilariga korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida  videorolik namoyish etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institutda “Ochiq eshiklar kuni”