Institutda ilmiy daraja beruvchi kengash tashkil etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Oliy Attestasiya komissiyasining qaroriga asosan Andijon mashinasozlik institutida texnika fanlari boʻyicha ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi Oliy Attestasiya komissiyasining qaroriga asosan Andijon mashinasozlik institutida texnika fanlari boʻyicha ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tashkil etildi.
Mamlakatimizda oliy oʻquv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ayniqsa, yuqori salohiyatga ega mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Andijon mashinasozlik institutida texnika fanlari boʻyicha ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengash tashkil etilganligi ham ana shu yoʻnalishdagi ishlarga misoldir.
– Ilmiy kengashning tashkil etilishi bu eng avvalo, Fargʻona vodiysida texnika yoʻnalishida yuqori salohiyat va malakaga ega boʻlgan mutaxassislar tayyorlash ishini yana-da yuqori bosqichga koʻtaradi, – deydi Andijon mashinasozlik instituti rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdaliyev. – Shu bilan birga, institut ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ilmiy kengashga “Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish”, “Gʻildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” ixtisosliklari boʻyicha dissertatsiyalarni himoya qilish, shuningdek, “Taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari) ixtisosligi boʻyicha bir martalik ilmiy kengash tuzish huquqi ham berildi.
Ilmiy daraja beruvchi kengash aʼzoligiga nafaqat Andijon mashinasozlik instituti, balki Toshkent va Fargʻona vodiysidagi qator oliy oʻquv yurtlarining dotsent, professor oʻqituvchilari ham kiritilgan.