FOTOREPORTAJ

Termiz davlat pedagogika institutida “Innodays” ilm-fan va innovatsiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi, startap loyihalar taqdimoti, robototexnika namoyishlari, fizika va kimyo yo‘nalishlarida ilmiy-ommabop shoular hamda “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.  

Mazkur tadbirdan maqsad bog‘cha, maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

[gallery-23279]

Ishtirokchilar innovatsion g‘oyalar va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashish imkoniga ega bo‘ldi.  

Ko‘rgazma doirasida institut kafedralari o‘rtasida “Innovatsion loyihalar va ko‘rgazmalar”, shuningdek, talabalarning “Mening startap loyiham” nomli taqdimoti o‘tkazildi.  

Tadbir yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institutda ilm-fan va innovatsiyalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi