bugungi kunda yurtimiz yoshlari uchun ta’lim olish, ta’lim turini tanlash, istalgan oliy o‘quv yurtida o‘qib, muayyan kasbni egallash borasida qator imtiyoz va qulayliklar yaratilyapti. Kvotalar miqdori yil sayin oshirilyapti. Hatto xorijiy oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan talabalarning turli sabablarga ko‘ra o‘qishini mamlakatimizdagi oliygohlarga ko‘chirishi bo‘yicha yengilliklar berilyapti. Bu albatta, yaxshi.

Lekin ba’zi yurtdoshlarimizning soddaligi, qaror va qonunlar mazmunini tushunmasligidan foydalanib, firibgarlik yo‘lini tanlaganlar-u ularga chuv tushayotganlar ham uchrab turibdi. Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rilgan jinoyat ham fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Sudlanuvchi – Farg‘ona politexnika instituti bitiruvchi kurs talabasi J.A. Farg‘ona shahridagi konsalting xizmati ko‘rsatuvchi muassasada bir necha oy menejer bo‘lib ishlaydi. Muassasaning asosiy faoliyat yo‘nalishi yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish edi. Oz muddat orasida ish jarayoni, talabalarni qay yo‘sinda xorijga yuborish, ularning o‘qishini ko‘chirish tartiblarini yaxshi o‘zlashtirgan J.A. garchi ishdan bo‘shasa-da, bir necha soddadil fuqarolarga go‘yo “rasmiy tarzda huquqiy yordam berishini” aytib, ularning ishonchini qozonadi.  

Jumladan, xorijda tahsil olayotgan Sh.Mamatyoqubov, Sh.Nomonjonov, U.Arapov, M.Qodirova, F.Tojiboyevlarga o‘zini konsalting xizmati ko‘rsatish muassasasi xodimi sifatida tanishtirib, ularning o‘qishini O‘zbekistonga, xususan, Farg‘ona vodiysidagi istalgan oliygohga ko‘chirib berishini aytadi. Bu bo‘yicha bir nechta hujjatlarni tayyorlagan ham bo‘ladi. Xullas, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida ularning qay biridan 400, yana boshqasidan 500 AQSH dollari miqdorida pul mablag‘larini qo‘lga kiritadi. Qop-qop va’dalarni berib, shaharning turli joylarida, ko‘cha-ko‘yda, savdo do‘konlarida bu pullarni olib, o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarflab yuboradi.

Xalqimiz tilidagi “Buzoqning yugurgani somonxonagacha” degan naql topib aytilgan. Firibgarning firiblari kuni kelib fosh bo‘ldi. 2022 yilning 18 yanvar kuni Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida J.A. Farg‘ona shahar, Oybek ko‘chasida joylashgan tug‘ruqxona oldida F.Tojiboyevdan kimyoviy ishlov berilgan 500 AQSH dollarini olgan vaqtda ushlandi va ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Sud barcha tafsilotlarni o‘rganib chiqib, J.A.ga nisbatan tegishli jazo tayinladi. Muxtasar aytganda, bir firibgarlikning payi qirqildi. Lekin shu kabi ustomonlarning to‘riga ilinishi mumkin bo‘lgan yana qancha ishonuvchan, sodda yurtdoshlarimiz bor ekan?! Gap shunda.

Mahkamjon ABDUBANNOPOV,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Institut talabasi firibgarlik qildi