Inspektor-psixologlar bilim va malaka oshirmoqda
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining joriy yil 30 oktyabrdagi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining joriy yil 31 oktyabrdagi tegishli farmoyishlariga asosan tuman-shahar ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida joriy yilning 4-10 noyabr kunlari bir haftalik o‘quv yig‘inlarini tashkil etish belgilangan edi.
Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlaridan belgilangan inspektor-psixologlar o‘quv yig‘iniga jalb qilindi.
O‘quv yig‘inida inspektor-psixolog xodimlar voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha bilim va malakasini oshirmoqda.
[gallery-14468]
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA fotomuxbiri