Transport nazorati inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining idoraviy formali kiyimlari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlandi.
Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, inspeksiya xodimlari yangi ko‘rinishdagi formada nazorat va profilaktik tadbirlarini olib borishadi.
Endilikda xodimlarning lavozimini belgilab beruvchi yelka belgilari (pogonlari) yoqa qismida emas, balki yelkalarida bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, inspektorlarning yelka belgilari (pogonlari)da yengi 13 mm bo‘lgan ikki qator galun, galun tagida o‘lchami 15 mm bo‘lgan sakkiz qirrali ikkita yoki uchta yulduz o‘rin oladi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA