Milliy mentalitetimizning asosiy xususiyatlaridan biri — bu vatanparvarlikni shaxsiy narsadan ustun qo‘yish istagi: millat sifatida har qanday tahdidlarga duch kelganimizda, biz doim birlashganmiz, o‘zligimizni namoyon etganmiz. Bunga tarixiy misollar ko‘p.

Uzoqqa bormasdan jadid bobolarimizni olaylik: xalqning ma’naviy uyg‘oqligi va ma’rifati uchun o‘z hisobidan maktablar qurdi. Yoki otasining azasiga borishga taqiq qo‘yilgan davrlarda ham millat vakillari o‘z ildizlari, mentalitetini saqlab qoldi. Bunday refleksivlik, asosan, o‘zbeklarga xosmi yoki boshqa xalqlar ham o‘zlarining milliy xarakteri haqida o‘ylashadimi?

Taniqli yozuvchi va jurnalist, filologiya fanlari doktori, professor Xurshid DO‘STMUHAMMAD bilan millatning g‘oyalari va ideallarini belgilaydigan milliy mentalitet hamda qadriyatlar haqida suhbatlashdik.

— Mentalitet nihoyatda muhim, hamisha dolzarb va g‘oyatda serqirra mavzu. Uni har kim o‘zicha talqin qilishi mumkin, — deydi suhbatdoshimiz Xurshid Do‘stmuhammad. — To‘g‘ri, vatanparvarlik tuyg‘usi milliy mentalitetimizning o‘zak tomirini tashkil etadi. Uni milliyligimizning umurtqasiga qiyoslasak ham yanglishmaymiz. Siz ikkita misolni tilga oldingiz. Akademik Azamat Ziyoning “O‘zbek davlatchiligi tarixi” asari yozuv stolimda turadi. Imkoni topildi deguncha, uni varaqlayman. Miloddan avvalgi 1-ming yillikdan boshlangan, jami 3 ming yillik diyorimiz, xalqimiz tarixi ixcham bir shaklda qamrab olingan. Voqealar silsilasini o‘ylab o‘yingizga sig‘dirolmaysiz, qat’iy bir to‘xtam yoki xulosaga kelish shu qadar qiyinki, uning qiyinligi va murakkabligi ham, umumlashtirib aytganda, vatanparvarlik tuyg‘usiga borib taqaladi. Kim kimga qarshi jangga otlanmasin, “Men ota yurtim, ona zaminim uchun kurashmoqdaman!” degan ishonch va e’tiqod-la qilich yalang‘ochlagan. Eng ayanchli joyi xalqimiz tarixi, asosan, o‘zga yurtlarni istilo qilish — zabt etish emas (Amir Temur davrini istisno etganda), o‘z yurtini muhofaza qilishdan iborat. Vatanparvarlik tuyg‘usining tarixiy shakllangani boisi ham shunda. O‘zaro qirg‘inlarda esa asl vatanparvarlik qay tomonda aniqlash mushkul, lekin har qanday mahalliy qirg‘inbarot pirovard oqibatda Vatan manfaatiga putur yetkazgani muqarrar.

Jadidlar harakati mohiyatini vatanparvarlik, millatparvarlik g‘oyalari tashkil etdi, to‘g‘ri, lekin shunday ulug‘ harakat uzoqqa bormadi, jiddiy samara ko‘rmay, yo‘qlikka yuz tutdi. Savodxonlik istagi jinoyatga teng ko‘rildi. Shu o‘rinda juda haqli va nozik savol tug‘ilmoqda, biz, avlodlarni chuqur mulohazaga undamoqda: jadidlar harakati xalqimiz, millatimiz mentalitetiga nima berdi? Milliy mentalitetimizni boyitdimi, mustahkamladimi? Prezidentimiz tashabbusi bilan uchinchi Uyg‘onish orzusi jadid bobolarimiz sa’y-harakatini qayta anglashdan boshlanayotgani mohiyatida qanchalar chuqur ma’no-mazmun mujassamligi keng zamondoshlar ommasini qo‘ya turaylik, ziyoli afkor omma tomonidan nechog‘li to‘g‘ri idrok etilmoqda?

Men shu kabi savollar ayni palladagi kechiktirib bo‘lmas ma’naviy-ma’rifiy muammolarimizga chambarchas bog‘lanib ketmog‘i zarurligini nazarda tutmoqdaman. “Moziyga qarab ish tutmoq”qa hech kim qarshi emas, ammo hozirgi hayot oldimizga qo‘yayotgan muammolar milliy, tafakkuriy, fikriy va tahliliy salohiyatimiz imkoniyatlaridan bir necha o‘n (ehtimol, yuz!) karra kattaligi nihoyatda jiddiy tashvishlantirmog‘i zarur. Davr, umr o‘taveradi, hech bir kuch uning etagidan tutib qololmaydi, lekin hamma gap qanday o‘tishida, nechog‘li omilkorlik, aql-zakovat bilan o‘tishida. Inson davr shamoyillari o‘yinchog‘iga-qurboniga aylanmasin, balki davr va umr mashmashalarini o‘ziga bo‘ysundira bilsin, insoniy nekbinlik mohiyati shunda!

2017 yildan mamlakatimizda boshlangan keng ko‘lamdagi inqilobiy islohotlar dunyo miqyosidagi global evrilishlar jarayoniga qo‘shilib-chatishib ketdi. Bashariyat (shu jumladan, O‘zbekiston xalqi) misli ko‘rilmagan chorrahalar oldida yo‘l tanlashga majbur bo‘lmoqda. Chorrahalarda esa hayot aql bovar qilmaydigan shiddat bilan kechmoqda, u tezlik g‘oyatda betoqat, besabr, shafqatsiz va murosasiz. Taniqli amerikalik futurist olim Elvin Toffler o‘tgan asrning 60-yillarida chop etilgan tadqiqotlarida insoniyat dahshatli evrilishlar pallasiga kirib kelayotganini bashorat qilgan, buni “Kelajak talvasasi” asarida batafsil bayon etgan. Buning uchun o‘z vaqtida olimni mubolag‘avozlikda ayblaganlar ham bo‘lgan. Oqibat-chi? Bir so‘z bilan aytganda, Toffler bashorat qilgan talvasa keltirib chiqaruvchi vahmkor voqea-hodisalar bizning zamondoshlarimiz ko‘z o‘ngida ro‘y bermoqda!

— Masalan?..

— Masalan, biz azal-azaldan milliy qadriyatlar, chunonchi, udumlar, urf-odatlar, tushunchalarga ikki qo‘llab tarmashgan xalqmiz. Bunday holatni milliy fazilat maqomiga ko‘targanmiz. Globallashuv va sun’iy intellekt zamoni o‘zgarishlari esa, istaymizmi-yo‘qmi, bizning bir qo‘limizdan tortib, tamomila boshqa iqlimlarga olib qochmoqda. Buning ustiga, xalqimiz shu qadar “migratsiyabop” — jahongashta chiqib qoldiki, asti qo‘yaverasiz! Umumlashtirib aytganda, bir qo‘limiz milliy, ikkinchi qo‘limiz umumbashariy qadriyatlar, tushunchalar, qiziqishlar tomon cho‘zilgan. Boshqa chora yo‘q, biroq xuddi shu nuqtada kelib chiqayotgan ruhiy, hissiy, ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy va boshqa-boshqa zo‘riqish hamda bosimlarni kimdir bilib-anglagan holda, kimdir bilmay-anglab yetmagan zaylda, uning mushkulliklariga dosh berib yashamoqda. “Dosh berib”ni istagancha talqin etish mumkin. Bizning odamlar uchun xos bo‘lmagan, ko‘z ko‘rib-quloq eshitmagan jinoyatlar ham ana o‘sha “dosh berib”ning ichida. Bilmadim, mutaxassislar tahlil qilishadimi-qilishmaydimi, fikrimcha, o‘ta og‘ir jinoyatga qo‘l urganlarning o‘zlari ham o‘z qilmishlarini tushuntirib berolmaydilar. Chunki hozirgi jinoyatlarning ildizi boshqa tomonlarda.

Hammaga tanish, aniq misol keltiraylik. Bir necha yillardan buyon mamlakatimizda ko‘cha harakati muammolarini bartaraf etish og‘ir kechmoqda. Eng katta muammo — avtomashina va piyoda yo‘lovchilar munosabatidagi nomutanosiblik. Uning turli sabablari o‘rganilmoqda, choralar ishlab chiqilmoqda, lekin natija, samara deyarli ko‘rinmayapti. Sababi fikri ojizimcha, avtomashina va piyoda yo‘lovchilar munosabatidagi nomutanosiblik hozirgina yuqorida aytganim ikki o‘t orasidagi psixologik bosim oqibatlaridan biri. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mentalitet masalasi bu.

— Qanday qilib?

— Xususiy yengil avtoulov ko‘paygandan-ko‘paydi, bu yangilik va yengillik avtoulovdan malakali foydalanish madaniyatini taqozo etadi. Son-sanoqsiz haydovchilarimiz esa bu qulaylikka savod, malaka borasida tayyor emas. Haydovchi tayyorlash tizimi mutlaqo yaroqsiz. Bu yetmaganday, ko‘chada harakatlanuvchi piyoda yo‘lovchilar ham amaldagi qonun-qoidalarga mukammal rioya qilmaydi. Yo‘l harakatini yo‘lga qo‘yish tizimlari ham mazkur yangilikka to‘la shay emas. Aytmoqchimanki, ko‘cha harakati madaniyati bamisoli katta bir fan, ilm, alohida yo‘nalish darajasiga ko‘tarilmog‘i zarur bir paytda soha o‘zini o‘nglolmaydiganga o‘xshayapti. Vaholanki, bu boradagi yangiliklarni ommalashtirish, keng omma ongiga, tushunchasiga muttasil yetkaza borish mutlaqo o‘zgacha-yangicha tizim yaratishni, jo‘n qilib aytganda, yalpi savodsizlikka barham berishni taqozo etmoqda.

— Savodsizlikka barham berishning birgina yo‘li — bu ma’naviyat. Bizda ma’naviyat moddiyatga emas, ruhiy komillikka intilgan. Pragmatizm ko‘pincha qoralangan. Milliy tafakkurimiz tasavvufga asoslangani bois vijdonga qarshi borilmagan. Insonparvarlikning yuksak namunasini ko‘rsatgan Shomahmudovlar oilasini olaylik, Ikkinchi jahon urushi davrida turli millatga mansub qarovsiz va yetim qolgan 13 nafar, urushdan so‘ng yana 3 bolani o‘z tarbiyasiga olishgan. Buni tarixda qolish uchun emas, chin yurakdan qilgan. Agar yana biror muammo yuzaga kelsa, o‘zbeklar millatidan qat’i nazar, butun dunyoga yordam berishni istagan. Shundan haligacha bizning davlatimiz ko‘p millatli, turli madaniyatlarga hurmat va bir-biriga muhabbat saqlanib qolgan. Biroq bugungi globallashuv barcha insonlar mahrajini yo‘qotib, faqat suratni qoldirishga zo‘r bermoqda. Yo‘lchi, Obid ketmon, O‘zbekoyimlardagi milliy xarakter zamonaviy o‘zbeklarda uchramayapti. Sizningcha, bugun qadriyatlarimizni qay darajada qayta ko‘rib chiqishga ehtiyoj sezilmoqda?

— Yo‘q, xalqona-milliy qadriyatlar qayta ko‘rib chiqiladigan muammo emas, u o‘z holicha, yashash va fikrlash tarziga qarab goh sekin, goh shiddat bilan o‘zgaruvchan hodisa, jarayon. Milliy qadriyatlarga real hayot tarzi sayqal beradi, maromga keltiradi, toblaydi. Bizda bu jarayon g‘oyatda sust kechadi.

Bizda alohida ta’limot darajasiga ko‘tarila borayotgan “Ma’naviyat-ma’rifat” tushunchasi mohiyatini tashkil etgan ma’no-mazmun, maqsad-muddao, muammoyu iddaolar Toffler ta’limoti mag‘ziga yaqin. “Ma’naviyat-ma’rifat”ning qudratli kuchiga, uning yengilmasligiga ko‘proq urg‘u beramiz, bunda biz milliy qadriyatlarimizga ishonamiz, o‘tmishimiz bezagiga aylangan bir qator misollarni qayta-qayta tilga olishdan charchamaymiz. Bu o‘rinda tasavvufni qo‘ya turaylik, lekin diniy e’tiqod ta’sirida bo‘lsa kerak, milliy tiynatimizda mazlumga, ehtiyojmandga beminnat yordam qo‘lini cho‘zishga moyillik bor. Shu bilan bir vaqtda savol tug‘ilmoqda: nima uchun bugun odamlarimizda Yo‘lchi, Obid ketmon, O‘zbekoyimdagi milliy fe’l-atvor uchramasligidan ranjimog‘imiz kerak? Siz tilga olgan har uchala ism XX asr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos badiiy obrazlari sifatida tarixda qoladi, bunga shubha yo‘q, biroq ular keng kitobxonlar ommasiga, xususan, yoshlarimizga ibrat-etalon bo‘lolmaydi. “O‘tkan kunlar”ni eslaylik. Marg‘ilonda, Ziyo shohichining xonadonidagi mehmondorchilikda Otabek Shamayga borganidan so‘z ochiladi. “Rus shaharlariga borib, savdo qiluvchilar Turkistonda juda oz hisobda bo‘lib, ularni ko‘rgan Otabek majlisga tansiqlandi”. Ya’ni Otabek dunyo ko‘rgan-yurt ko‘rgan odam sifatida yonidagilardan bir bosh yuqoriladi. “Bizning idoramiz, — deydi u o‘ychanlik bilan, — bugungi tartibsizligi bilan keta bersa, holimizning nima bo‘lishiga aqlim yetmay qoldi”.

Qodiriy hazratlari Otabek timsolida dunyo kezgan inson nazari bilan mahalliy hayot tarzini o‘xshatib taftish etmoqda. Ayrim adabiyotshunos do‘stlarimiz ushbu holat ta’sirida tug‘ilgan hayrat hayajonida Ziyo shohichi va Mirzakarim qutidor darajasida qolib ketishlari ajablantiradi odamni. Vaholanki, Otabekning Shamay (Semipalatinsk shahri) taassurotlariga berilishi ta’sirida biz bugungi holatga teran qaramog‘imiz darkor. Bugungi holatni esa ko‘rib turibmiz: endilikda vatandoshlarimiz oyog‘i yetmagan mamlakat qolmadi hisob! Mag‘ribu Mashriqni qo‘ying, yirik yo mayda davlatlarni qo‘ying, dunyo xaritasida ko‘z ilg‘amas nuqta bilan belgilangan orollarda ham o‘zbeklar yashayotgani juda chuqur o‘ylarga, mushohadayu mulohazalarga toldirmog‘i kerak! Dunyo uzra sochilib yotgan vatandosh-millatdoshlarimiz ham o‘zbek, o‘zbekistonlik, ishoning, ularning birortasi ona yurtga, Vatan taqdiriga befarq emas, qolaversa, ular O‘zbekistonning mislsiz boyligi, xazinasi hisoblanadi! Ular to‘plagan-to‘playotgan bebaho tajribalari — O‘zbekistonning mulki. O‘zlarini milliy qadriyatlarimiz jonkuyarlari deb bilgan ayrim nufuzli ziyolilarimiz ahyon-ahyonda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatayotgan “sachratma”lari mayda va bachkanaligi bilan, “xonaki safsata”ligi bilan g‘ashga tegadi, ensani qotiradi, xolos. Kelinglar, bir taklif tevaragida mashvaratlashaylik: respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 15 — 20 ta savoldan iborat anketa tuzilsa-da, Yer yuzidagi yuzlab davlatlarda hijratda yashayotgan millionlab vatandosh-millatdoshlarimizga nomma-nom tarqatilsa. Javoblar olinsa, o‘rganilsa, umumlashtirilsa — hayotimizga tatbiq etilsa! Eh-he-ye, ozmuncha qimmatli takliflar, istaklar yog‘iladimi?!

Hozirgi texnik vositalar yordamida bunday tajribalarni juda osonlik bilan amalga oshirish mumkin, xohish bo‘lsa, bas.

— Deylik, siz xorijda yashayapsiz, qanday takliflar aytgan bo‘lar edingiz? Savolni davom ettirsak, bizning mentalitetimiz markazida turgan “suverenitet” so‘zi butun mazmun-mohiyati bilan hali qalbimizga chuqur singib ketmagan, bu so‘z aslida Vatanimizning himoyasi va rivoji yo‘lida birlashish, tashvishlanishni bildiradi. Agar biz suverenitetni anglasak, mustaqillik qadriga yetamiz. Sohibqiron Amir Temur: “Kuch — adolatda” deydi. Ona Vataniga xiyonat qilmagan Shiroq ham suveren ongning yorqin namunasidir. Ayting-chi, “suveren ong” haqida sentyabrda ta’lim maskanlarida bir-ikki soat o‘tilayotgan “Vatanshunoslik”, “Mustaqillik kuni” darslari... Yoki mustaqillik maydonlari, Adiblar xiyobonidagi qahramonlar haykali to‘liq tushuncha bera oladimi? Bu boradagi ta’sirchanlikni oshirish uchun qanday taklif-tavsiyalar ayta olasiz?

— Avvalo, men xorijda yashamayman. Menga hech kim 15 — 20 ta savol bilan murojaat etganicha ham yo‘q. So‘zni muxtasar qilsak, vatanparvarlik, mustaqillik va hokazo muqaddas tuyg‘ularni targ‘ib qilishdagi almisoqdan qolgan shakllardan, vositalardan voz kechmoq kerak. Bu boradagi soxtakorliklar, jimjimalar aks ta’sir ko‘rsatadi, ko‘rsatmoqda ham. Sohibqironning siz eslagan bag‘oyat yoqimli so‘zini ko‘p takrorlaymiz. Lekin savol tug‘iladi: qanday jamiyatda “Kuch — adolatda” qaror topadi? Nazarimda, o‘sha davrning mirzolari, jurnalistu blogerlari Temur boboga bunday savol bilan murojaat qilishga botina olishmagan...

“Suveren ong” suveren shaxsda kamol topadi. Hozirgi turmush tarzi shaxslashuv uchun ayni muddao, buyuk Uyg‘onishga ham favqulodda shaxslarsiz erishilmaydi, faqat bu borada ham “soatbay”, “tadbirbay” tantanavozliklardan voz kechilmayotgani ajablantiradi odamni.

Har ishda targ‘ibot kerak, lekin targ‘ibot uslubi yangilanmog‘i shart. Bilasizmi, targ‘ibot — qanchalar targ‘ibot ekanligi sezilmasa, shuncha ko‘p samara beradi. Aks holda...

Ta’sirchanlikning eng sinalgan usuli — kitob, badiiy adabiyot, ilmiy adabiyot! Bizning zamonga kelib, odamzod o‘zi o‘tirgan shoxga arra tortmoqda. Ishonch bilan aytaman, katta adabiyot, katta iste’dod va mahorat bilan yozilgan badiiy asarlar kurrai zaminimiz, bepoyon osmonimiz, zamon va zamondoshlarimiz taqdiri bilan o‘ynashayotgan vallomatlarni tartibga chaqiradi, hushyorlikka undaydi, ularni dunyoga va odamzodga ezgu nigoh bilan qarashga da’vat etadi! Zero, odamning ko‘ziga tik qarab turib, “Sen — insonsan!” deya uqdirishga faqat va faqat adabiyot, badiiy so‘z qodir!

— Siz “Sof o‘zbekcha qotillik”, “Jajman”, “Bozor” kabi asarlaringizda o‘zbek xarakteri, ruhi va dunyosini ochishni qoyillatgansiz. Maqolalaringizda esa xalqimiz tiynatida ortiqcha dabdabalarga moyillik borligidan kuyinib yozasiz. Ayting-chi, o‘zbekchilik boshqa xalqlardan nimasi bilan farq qiladi? Chunki bu so‘zning boshqa tillarda aniq muqobili yo‘q. O‘zbekchilik o‘zi nima? Bunday tushuncha haqida boshqa xalqlar qanday o‘ylaydi?

— Qarang, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Xorazmda sun’iy sug‘orish tizimlari ishlab turgan. Ijtimoiy tabaqalar shakllangan. VIII-VII asrlarda shahar madaniyatiga asos solingan. Jo‘n gaplar emas bular. Aqlga-tasavvurga sig‘dirish mahol deng! Taassuflar bo‘lsinki, olis tarix bizning xalqimizga uzluksiz taraqqiyot, uzluksiz yuksalish, uzluksiz va davomli barqarorlikni ravo ko‘rmadi. Sog‘lom va puxta mentalitet esa barqaror muhitda vujudga keladi, shakllanadi, ulg‘ayadi. Xalqimiz nihoyatda ijtimoiy barqarorlikka muhtoj. Ko‘r-ko‘rona dabdabaga moyillik Temur bobolar, xonliklar davridan meros. “Mehmondo‘st millat” ekanligimiz ko‘p tilga olinadi, men millatimiz tiynati haqida so‘z ochilsa, mehnatkash, halol, madaniyatli, ziyoli, ilmparvar, insof-e’tiqodli, mulohazali, uddaburon va ahil-inoq xalq deya nom qozonishini juda-juda orzu qilaman.

— Xurshid aka, ma’naviyat va qadriyatlarga, an’analarga tahdidlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Najot nimada deb o‘ylaysiz?

— Hozir odamzod qavmi erta tongdan ko‘zini ochib-ochmay qanday qilib jon saqlash tashvishida bosh qotirmoqda. Biror tirik jon, kimligidan qat’i nazar, favqulodda tajovuzdan kafolatlanmagan. “Falon mintaqadagi ikki qo‘shni davlat kelisholmay turibdi, uning bizga daxli yo‘q” deydigan zamonlar o‘tdi-ketdi. Biz esa davlatimiz rahbari daldasida uchinchi Uyg‘onish cho‘qqisini ko‘zlamoqdamiz. Bu — olamshumul nekbinlik, olamshumul dadillik! Bu nekbinlik va dadillik to‘lqiniga, albatta, uyg‘oqlik yarashadi. Bu maqsad-muddao yo‘lida barcha-barcha imkoniyatdan samarali va oqilona foydalana bilishdan o‘zga chora yo‘q, deb o‘ylayman.

Najot — yangi zamon odamlarining ongi, tafakkuri, intilishidagi foydali harakat ulushini yagona kuch-quvvat sifatida amaliyotga tatbiq eta bilishimizda!

Suhbatdosh: Adiba UMIROVA

(«Xalq so‘zi»).

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Insoniy nekbinlik mohiyati