Insonga yuksak e’tibor va ta’limda yuksalish yili
Mamlakatimizda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom berilgan 2023 yil yil nomiga monand tarzda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va erkinliklarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni yechish va ijtimoiy islohotlarda o‘ziga hos yuksalish yili bo‘ldi, deyish mumkin.
Yangi yil avvalida, 297 bandan iborat islohotlarning yetti yo‘nalishlariga qaratilgan «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» Davlat dasturi qabul qilindi. Ushbu Davlat dasturining birinchi yo‘nalishi – Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yo‘nalishi doirasida inson qadrini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan mahalliy davlat hokimiyati organlarining institutsional asoslarini takomillashtirishga qaratilgan. Ularning 168 ta vazifasi, 301 ta funksiyali maqbullashtiriladigan bo‘ldi. Shu bilan birga Respublika ijro etuvchi hokimyat organlarining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslari takomilashtirilib 40 dan ortiq idoralararo kollegial organlar muqbullashtirildi.
Hududlarda boshqaruv organlari va fuqarolarni yaqinlashtirish, insonlar dard-u tashvishi, muammolarini eshitishga xizmat qiladigan oyda bir marotaba «Hukumat kuni»ni o‘tkazib borish amaliyoti joriy qilindi. Shu bilan birda davlat dasturi bo‘yicha “Davlat xizmatchisi” mobil dasturi joriy qilinib, inson va fuqarolarning davlat xizmatchisi bilan bog‘liq masalalarini oson yechishi uchun xizmat qiladigan bo‘ldi.
Mamlakatimizda jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasidagi islohotlarda ham ushbu yil yangi marralarni egallash yili bo‘ldi desak bo‘ladi. Bu borada davlat dasturidagi vazifa va bandlardan kelib chiqib, «Raqamli mahalla» markazi tashkil etish orqali «Ijtimoiy mahalla» axborot tizimini joriy etish belgilandi va bu bo‘yicha ijtimoiy himoyaning o‘ziga xos tizimi bo‘lgan «Temir daftar», «Yoshlar daftari», «Ayollar daftari», «Mehr daftari» kabi tizimlar raqamlashtirildi va elektron murojaat qabul qilish tizimi yo‘lga quyilgani yana bir karra inson qadrini ulug‘lash va inson manfaatlarini ustun quyishga qaratilgan islohotlarning muhim natijasi bo‘ldi.
Davlat dasturining yana bir muhim yo‘nalishi sifatli ta’limni rivojlantirish, uni o‘ziga hos yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi «Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish» yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirish borasida qator amaliy ishlar yo‘lga quyildi. Misol uchun, ta’limning eng muhim bosqichi bo‘lgan o‘rta maktab ta’limini mustahkamlash va sifatini oshirish borasida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritilib, bunda umumiy o‘rta ta’lim maskanlarining 1-4- sinflarida o‘quvchilarni ilg‘or horijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish ilk bor yo‘lga quyildi. Bu darsliklarni tayyorlashda Yevropa va jahonning yetakchi ta’lim mamalakati sanalgan Finlandiya davlati tajribalaridan foydalanildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidendining 2023 yil 8 may kunidagi PF-67-son farmoni bilan tasdiqlangan «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risi»dagi Farmoni bilan 2023 yil 1-sentyabrdan boshlab farzandlarimizni vatanga muhabbatini oshirishga xizmat qiladigan respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy meros ob’ektlariga, jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etildi. Ushbu muhim o‘zgarish bosh qomusimizda belgilangan bu boradagi normalarning amaliy ijrosiga xizmat qilmoqda.
Shu normaning yana bir amaliy isfodasi sifatida «O‘zbekiston – 2030» starategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishida belgilangan kitobxon yoshlarni besh million nafarga yetkazish, 2030 yilgacha qirq millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirish, davlat teatrlarga tamoshobinlarning yillik tashrifini besh millionga yetkazish maqsadlari ham yuqorida belgilangan konstitutsion normalarni amalga oshishiga xizmat qiladi.
Umuman olganda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili ta’lim islohotlari, maorifimiz yuksalishidagi yana bir muhim yil bo‘lib qoladi.
O‘rta ta’limning keyingi bosqichida, ya’ni 5-9-sinflarda o‘quvchilarga umumta’lim fanlaridan tayanch bilimlar berish yo‘lga quyilib, 10-11-sinflarda esa o‘quvchilarning qiziqish va qobilyatiga qarab ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilindi. Ushbu ta’lim dasturi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jamoa bo‘lib ishlash, muloqot qilish, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari asosida o‘quvchini mantiqiy fikrlashga, o‘z fikrini ifoda eta olishiga va darslarda erkin muhitni shakllantirishga e’tibor beriladigan bo‘ldi.
Umuman olganda 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yilida yil boshida tasdiqlangan islohotlar dasturiga monanad tarzda ta’lim sifatini oshirishda yangi bosqich bo‘ldi desak bo‘ladi.
Davlat dasturi asosida «O‘zbekiston - 2030» strategiyasida belgilangan ta’limga doir maqsadlarga erishishdagi islohotlar ham samarali amalga oshirib kelinmoqda.
Yurtimizda 2030 yilgacha maktabgacha qamrov darajasini yuz foizga yetkazish maqsadlari belgilangan bo‘lib, bu borada ushbu yilda ham katta qadamlar quyildi. Jumladan, 2023 yil 1 aprel sanasidan boshlab maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida: yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va ularni rekanstruksiya qilish hamda jihozlash orqali tashkil etsihga ruhsat berildi. Bu orqali maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishda zarur moliyaviy resurslarga bo‘lgan 590 dan ortiq tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.
Xorijiy tillarni egallash, tillarni puxta o‘rganish bugunning eng muhim talabi hisoblanadi. Bugungi kungacha davlatimiz maktablarida bitta horijiy til o‘qitilib kelinar edi. Bugun dunyo taraqqiyotida bir necha tillar muhim rol o‘ynamoqda. Shularni inobatga olgan holda, 2023 yil davlat dasturi asosida, joriy yilning 1-sentyabr kunidan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan maktablarida o‘quvchilarni ikkita horijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish amaliyoti bosqichma-boshqich yo‘lga quyiladigan bo‘ldi. Shunga binoan 2023/2024 o‘quv yilidan respublikadagi 76 ta maktabda fransuz tili, 76 tasida nemis, 37 tasida ingliz tili, 10 tasida koreys, 6 tasida xitoy, 3 tasida yapon tili ikkinchi horijiy til sifatida o‘qitila boshlandi. O‘quvchilar 10-sinfdan boshlab 64 ta ishchi kasblarga, 21 ta sohada tadbirkorlikka, 10 ta IT va kreativ industriya yo‘nalishidagi kasblarga o‘qitila boshlandi. Bularni barchasi ta’lim sifatini oshirishga, sifatini yanada oshishiga xizmat qilib kelmoqda.
Shu bilan birga davlat dasturida belgilangan muhim vazifalarning ijrosi sifatida «Namunaviy maktab» loyihalari asosida 527 ta maktabni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo metish orqali 190 mingdan ortiq o‘quvchi o‘rni yaratilib, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlod uchun sifatli ta’lim olishga yetarli sharoitlar yaratildi.
Asrorjon Sattorov,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti